2015-2020 yillar sayti

Yangiliklar

Erasmus+ Haftaligi 2-8 May 2026 - Umumiy xulosalar!

26
Erasmus+ Haftaligi 2-8 May 2026 - Umumiy xulosalar!

2 May - (1-Kun)

EU Village

Yevropa kuni: Toshkentda Yevropa Ittifoqi festivali — 2026 bo‘lib o‘tdi

2026 yil 2 may, Toshkent, O‘zbekiston. Bugun poytaxtdagi Yoshlar ijod saroyida Yevropa Ittifoqi festivali — Yevropa kuni 2026 bo‘lib o‘tdi. Odatdagi makon uchrashuvlar, g‘oyalar va madaniyatlar uchun ochiq maydonga aylandi. 

Bu bayram shunchaki sana emas. Uning ildizlari 76 yil avval, 1950 yil 9 may kuni Fransiya tashqi ishlar vaziri Robert Shuman birlashgan Yevropa haqidagi qarashlarini bayon etgan Deklaratsiyaga borib taqaladi. Bugun bu kun tinchlik, hamkorlik va umumiy kelajak sari intilish ramziga aylangan. Toshkentda esa ushbu qadriyatlar jonli va ko‘p madaniyatli festival orqali namoyon bo‘ldi.

Batafsil: https://erasmus.uz/publications/713-yevropa-kuni-toshkentda-yevropa-ittifoqi-festivali-2026-bo-lib-o-tdi

Methodological Guidelines for Preparing Project Proposals for the Erasmus+ CBHE in the example of MECAS and DIANA projects

Nukusda Erasmus+ CBHE dasturi doirasida seminar tashkil etildi

Nukus davlat texnika universiteti “Kompyuter injiniringi” kafedrasi mudiri A.I.Tureniyazova rahbarligida Erasmus+ CBHE - Oliy ta’lim muassasalari salohiyatini kuchaytirish dasturi doirasida loyihalar tayyorlashga bag‘ishlangan muhim seminar 2-may kuni tashkil etildi.

Batafsil: https://erasmus.uz/publications/700-nukusda-erasmus-cbhe-dasturi-doirasida-seminar-tashkil-etildi

4 May - (2-kuni)

Erasmus+ Axborot Seminar

Guliston davlat universitetida Erasmus+ haftaligi doirasida xalqaro axborot-metodologik seminar bo‘lib o‘tdi

2026-yil 4-may kuni Erasmus+ haftaligi doirasida Guliston davlat universiteti mezbonligida Erasmus+ axborot-metodologik  seminari  tashkil etildi.  Mazkur tadbirda Guliston davlat universiteti bilan bir qatorda Sirdaryo viloyatidagi OTMlar kafedralaridan professor-o‘qituvchilar, doktorantlar, ilmiy tadqiqotchilar va erkin tinglovchilardan iborat keng auditoriya ishtirok etdi.

Batafsil: https://erasmus.uz/publications/693-guliston-davlat-universitetida-erasmus-haftaligi-doirasida-xalqaro-axborot-metodologik-seminar-bo-lib-o-tdi

 

5 May - (3-kun)

Erasmus+ axborot-metodologik seminari

Erasmus+ Haftaligi 2026 doirasidagi navbatdagi seminar Toshkent axborot texnologiyalari universitetida bo‘lib o‘tdi!

5-may kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida Erasmus+ axborot-metodologik seminari tashkil etildi. Tadbirda O‘zbekistondagi Yevropa Ittifoqi Delegatsiyasi, Milliy Erasmus+ ofisi mutaxassislari, HEREs ekspertlari hamda Erasmus+ loyihalari vakillari tomonidan muhim ma’lumot va tavsiyalar taqdim etildi.

Batafsil: https://erasmus.uz/publications/698-erasmus-haftaligi-2026-doirasidagi-navbatdagi-seminar-toshkent-axborot-texnologiyalari-universitetida-bo-lib-o-tdi

Horizon Europe Marie Skłodowska-Curie Actions(MCA) and Clusters: Understanding Calls, Evaluation and Proposal Writing

Erasmus+ Week 2026 doirasida WIUTda Horizon Europe loyiha takliflarini ishlab chiqish sessiyasi bo‘lib o‘tdi

2026-yil 5-may kuni Westminster International University in Tashkentda Erasmus Week 2026 doirasida Horizon Europe loyiha takliflarini ishlab chiqishga bag‘ishlangan “From Call Text to Competitive Proposal – Understanding Calls, Evaluation & Proposal Writing” mavzusidagi sessiya bo‘lib o‘tdi.

Batafsil: https://erasmus.uz/publications/699-erasmus-week-2026-doirasida-wiutda-horizon-europe-loyiha-takliflarini-ishlab-chiqish-sessiyasi-bo-lib-o-tdi

 

6 May - (4-kun)

Erasmus+ Programme opportunities for Uzbekistan

 Toshkent iqtisodiyot va pedagogika universitetida Erasmus+ haftaligi doirasida tadbir

Joriy yilning 6-may kuni Toshkent iqtisodiyot va pedagogika universitetida Erasmus+ haftaligi doirasida "Erasmus+ axborot seminari" tashkil etildi.
Toshkent iqtisodiyot va pedagogika universitetida National Erasmus+ Office Uzbekistan (NEO) hamkorligida tashkil etilgan “Erasmus+ Week” xalqaro tadbiri Oʻzbekiston telekanali orqali keng jamoatchilikka namoyish etildi.

Batafsil: https://erasmus.uz/publications/701-toshkent-iqtisodiyot-va-pedagogika-universitetida-erasmus-haftaligi-doirasida-tadbir

 

Impact of Erasmus+ CBHE projects in the example of Central Asian University of Environmental and Climate Change Studies (Green University) 

CBHE loyihalarining ta’siri: Green University loyihasi misolida onlayn sessiya o‘tkazildi

2026-yil 6-may kuni soat 14:00 da Erasmus+ dasturi doirasida “CBHE loyihalarining ta’siri (Green University loyihasi misolida)” mavzusida onlayn sessiya tashkil etildi.

Mazkur tadbir davomida ishtirokchilar Capacity Building in Higher Education (CBHE) loyihalarining oliy ta’lim muassasalariga ko‘rsatayotgan amaliy ta’siri, ularning ta’lim sifati, boshqaruv tizimi va xalqaro hamkorlikni rivojlantirishdagi o‘rni haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.

Batafsil: https://erasmus.uz/publications/714-cbhe-loyihalarining-ta-siri-green-university-loyihasi-misolida-onlayn-sessiya-o-tkazildi

7 May - (5-kun)

Information session: Erasmus+ opportunities for Higher Educational Institutions (HEIs)

Joriy yilning 7-may kuni Renessans universitetida Erasmus+ axborot seminari bo‘lib o‘tdi.

Seminar O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, O‘zbekistondagi Yevropa Ittifoqi Delegatsiyasi, Erasmus+ milliy ofisi hamda Renessans universiteti hamkorligida tashkil etildi.

Tadbir davomida Erasmus+ dasturlari, oliy ta’lim muassasalari uchun xalqaro imkoniyatlar, Jean Monnet yo‘nalishi, grant loyihalarini tayyorlash, hamkorlar topish hamda xalqaro akademik aloqalarni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Batafsil: https://erasmus.uz/publications/702-renessans-universitetida-erasmus-haftaligi-doirasida-erasmus-axborot-seminari-bo-lib-o-tdi

Erasmus+ CBHE project - QUARTZ  impacts on Urgench State University

ERASMUS CBHE -QUARTZ  loyihasining ta’siri: Urganch davlat universiteti misolida onlayn sessiya o‘tkazildi

2026-yil 7-may kuni soat 10:00–11:00 da Erasmus+ dasturi doirasida “QUARTZ CBHE loyihasining ta’siri (Urganch davlat universiteti misolida)” mavzusida onlayn sessiya tashkil etildi.

Mazkur tadbir davomida ishtirokchilar Capacity Building in Higher Education (CBHE) loyihalarining oliy ta’lim muassasalari rivojlanishiga qo‘shayotgan hissasi, ularning amaliy natijalari hamda universitetlarda sifatni oshirish va modernizatsiya jarayonlaridagi o‘rni haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.

Batafsil: https://erasmus.uz/publications/715-erasmus-cbhe-quartz-loyihasining-ta-siri-urganch-davlat-universiteti-misolida-onlayn-sessiya-o-tkazildi

8 May - (6-kun)

Erasmus+ CBHE- EMPOWER projects workshop

Erasmus+ CBHE EMPOWER PROJECT WORKSHOP tadbiri

Erasmus+ CBHE EMPOWER PROJECT WORKSHOP (Enhancement of Entrepreneurship Skills among Women to Provide Gender Equality and Employability for Citizens of Uzbekistan)

Kimyo International University in Tashkent hamda O‘zbekistondagi Erasmus+ Milliy Ofisi hamkorligida Erasmus+ CBHE EMPOWER loyihasi workshopi 8-may kuni Erasmus+ haftaligi doirasida muvaffaqiyatli tashkil etildi.

Read more: https://erasmus.uz/publications/697-erasmus-cbhe-empower-project-workshop-tadbiri

What is Erasmus Mundus Joint Masters (EMJM)? Information session with scholarship holders

Erasmus+ Haftaligi 2026 doirasidagi ayrim sessiyalarni o‘tkazib yubordingizmi? Endi ularni yozuv orqali tomosha qilishingiz mumkin! Erasmus+ Haftaligi 2026 ning 8-may sanasida Yevropa ta’lim va tadqiqot dasturlari bo‘yicha ekspertlar hamda muvaffaqiyatli bitiruvchilardan qimmatli ma’lumotlar olishdi. Endilikda ushbu sessiyalar yozuvlari orqali ulardan istalgan vaqtda foydalanishingiz mumkin.

Batafsil: https://erasmus.uz/publications/707-erasmus-mundus-bitiruvchisi-bilan-uchrashuv

Key Action 1: Learning Mobility of Individuals

Key Action 2: Cooperation among organisations and institutions

Key Action 3

Jean Monnet Actions

Bizning hamkorlarimiz