Erasmus+ hikoyalari
Javohir Amonov
Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti Energetika fakulteti 4–chi bosqich talabasi Javohir Amonov Djobirovichning ERASMUS+ dasturi doirasida Halqaro kredit mobillik (ICM) loyihasi bo’yicha fikr mulohazalari
ERASMUS+ dasturining Halqaro kredit mobillik (ICM) loyihasiga asosan men 2021 yil 1 mart - 25 iyun kunlari Ruminiyaning Buxarest shahridagi Politehnika universitetiga universitetning xalqaro aloqalar bo’yicha prorektori professor Violetta Andreeaning taklifiga binoan bir semestrga almashinuv dasturi doirasida tashrif buyurdim. Men Istanbul orqali Buxarest shahriga havo yo’llari orqali yetib bordim.
Dastur doirasida ko`plab ko`ngilchar tadbirlar o’tkazildi. Almashinuv mobaynida turli mamlakatardan kelgan ko`plab talabalar bilan tanishib bilim almashdik. Pandemiya sababli darslar online tarzda olib borildi, shunga qaramasdan universitet hodimlari tomonidan ko`plab uchrashuvlar tashkil etildi. Har bir universitet ishtirokchilari o’zlarining universitetlari haqida qiziqarli prezentatsiyalar qildilar. Dasturning o`qishdan tashqari kunlarida Ruminiyaning diqqatga sazovor joylarini ko`zdan kechirdik.
Aniqrog`i Carol qasri va Brashov maydoniga tashrif buyurdik. Ruminiyaning bu muqaddas joylari o’zining hashamatli va buyuk tarixidan dalolat berib turibdi. Menga Rminiyaliklarning madaniyati, mehmondo’stligi, bag’ri kengligi va diqqatga sazovor joylari katta tasurot qoldirdi.