Yangiliklar
Erasmus+ yillik Oliy ta’limni rivojlantiriş istiqbollari xalqaro konferensiyasi hamda Ilmiy Forum bölib ötdi
2026-yil 19–20-noyabr kunlari Toşkent şahrida Oliy ta’lim sohasidagi Erasmus+ ekspertlarining “Oliy ta’limni rivojlantiriş istiqbollari” xalqaro konferensiyasi hamda “Ilmiy axborotdan foydalaniş va naşr faolligi” 10-an’anaviy ilmiy-ta’lim forumi bölib ötdi. Tadbir oliy ta’limni rivojlantiriş samaradorligini oşiriş, ilğor tajribalarni almaşiş, zamonaviy tendensiyalar va muammolarni tahlil qiliş, şuningdek, naşr faolligi va ilmiy tadqiqotlarni jadallaştirişga qaratildi.

Konferensiyaning birinçi kuni Toşkent davlat iqtisodiyot universitetida, ikkinçi kuni esa Xalqaro Nordik universitetida tashkil etildi. Tadbirda vazirlik va davlat taşkilotlari vakillari, oliy ta’lim muassasalari rektorlari va prorektorlari, öqituvçilar, Erasmus+ loyiha koordinatorlari, şuningdek, Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi mamlakatlari oliy ta’lim muassasalari vakillari iştirok etdilar.

Tadbir Özbekiston Respublikasi Ta’lim va ilm-fan vazirligi, Ta’limni rivojlantiriş respublika ilmiy-metodik markazi, Alişer Navoiy nomidagi Özbekiston Milliy kutubxonasi, Yevropa Ittifoqining Özbekistondagi Delegatsiyasi, Özbekistondagi Erasmus+ Milliy ofisi, Toşkent davlat iqtisodiyot universiteti, Xalqaro Nordik universiteti, Oliy ta’limni isloh qiliş böyiça Milliy ekspertlar jamoasi hamda E-LINE PRESS MÇJ hamkorligida tashkil etildi.

Konferensiyaning birinçi kuni
19-noyabr kuni yalpi majlis Toşkent davlat iqtisodiyot universitetida bölib ötdi. Oçiliş marosimida Toşkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori Qönğirotboy Şaripov, senator Oral Ataniyazova, Yevropa Ittifoqining Özbekistondagi Delegatsiyasi birinçi maslahatçisi va hamkorlik bölimi rahbari Christos Marazopoulos, Markaziy Osiyo mamlakatlari delegatsiyalari vakillari, Özbekiston Milliy kutubxonasi direktori Umida Teşabayeva hamda Erasmus+ HERE ekspertlari qatnaşdilar.
Kun davomida Özbekistonda oliy ta’limni rivojlantirişdagi sönggi özgarişlar va ustuvor yönalişlar, Erasmus+ loyihalarining milliy ta’siri, oliy ta’limda kompetensiyaga asoslangan yondaşuvlar, sun’iy intellektning ilmiy tadqiqotlar va oliy ta’limdagi örni, xalqaro loyihalarning institutsional ta’siri, universitetlar reytingi va ilmiy naşr faolligi kabi mavzular muhokama qilindi.

Konferensiya doirasida Erasmus+ e’tirof etiş va taqdirlaş marosimi ham ötkazilib, Erasmus+ dasturini tarğib qiliş, salohiyatni oşiriş loyihalarini muvaffaqiyatli amalga oşiriş, institutsional sadoqat va universitet rivojiga qöşilgan hissa uçun alohida e’tiroflar taqdim etildi.
Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi hamkorligi muhokama qilindi
20-noyabr kuni Xalqaro Nordik universitetida parallel şöbalar tashkil etildi.
Birinçi şöba Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi oliy ta’lim muassasalari örtasidagi hamkorlik, Erasmus+ 2027 qöşma loyihalari, rejalar va istiqbollar mavzusiga bağişlandi. Unda Qirğiziston, Turkmaniston, Qozoğiston va Tojikiston vakillari Erasmus+ loyihalarini amalga oşiriş böyiça öz tajriba va ilğor amaliyotlarini taqdim etdilar. Şuningdek, qöşma loyihalar va xalqaro hamkorlik istiqbollariga bağişlangan davra suhbati bölib ötdi.

Ikkinçi şöbada esa naşr faolligini oşiriş va ilmiy axborot resurslaridan foydalaniş imkoniyatlarini kengaytiriş masalalari muhokama qilindi. Xalqaro naşriyotlar, ilmiy axborot bazalari va agregatorlar vakillari sun’iy intellekt, elektron ma’lumotlar bazalari, ilmmetrik tahlil, oçiq ilmiy resurslar va elektron ilmiy jurnallardan foydalaniş böyiça taqdimotlar ötkazdilar.

Ikki kunlik konferensiya va forum tajriba almaşiş, yangi xalqaro hamkorlik aloqalarini rivojlantiriş, Erasmus+ loyihalarining institutsional ta’sirini muhokama qiliş hamda Markaziy Osiyoda oliy ta’limning kelgusi rivojlaniş istiqbollarini belgilab oliş uçun muhim platforma böldi.