Asosiy vazifalar
Erasmus+ Milliy Ofisi quyidagi umumiy maqsadlarga hissa qo'shadi: O'zbekistonda Erasmus+ va Tempus dasturlarining dolzarbligi, samaradorligi va ta'sirini oshirish.
Erasmus+ Milliy Ofisining maxsus faoliyati:
• Erasmus+ dasturiga oid barcha ma'lumotlarni targ'ib qilish va tarqatish; Erasmus+ dasturini ilgari surish va uning natijalaridan foydalanish uchun konferensiyalar, seminarlar, axborot kunlari va boshqa faoliyatlar va tadbirlarni tashkil etish;
• Potentsial nomzodlarga maslahat va yordam berish, ularni xabardor qilish; potentsial nomzodlar uchun axborot/aloqa uchrashuvlari, seminarlar tashkil etish; potentsial nomzodlarga milliy yoki xorijiy hamkorlarni qidirishda yordam berish; loyihani amalga oshirishda ishtirok etuvchi oliy ta’lim va boshqa muassasalarga ko‘maklashish; loyihalararo hamkorlikni rivojlantirish, loyihalar o'rtasida sinergiyani kuchaytirish va ilg'or tajriba almashish;
• Siyosiy muloqotni, ekspertlar va mahalliy hokimiyat organlari bilan aloqalarni qo'llab-quvvatlash, siyosat rivojlanishining monitoringini olib borish;
• Oliy taʼlimni isloh qilish boʻyicha Milliy ekspertlar guruhi (HEREs) faoliyatini qoʻllab-quvvatlash va muvofiqlashtirish;
• Yevropa Ittifoqining oliy ta'lim sohasidagi boshqa dasturlari, faoliyati, tashabbuslari to'g'risidagi ma'lumotlarni ilgari surish va tarqatish;
• Erasmus+ dasturlari tadbirlarini veb-sayt va ijtimoiy tarmoqlarda, reklama materiallarida va axborot kampaniyasida reklama qilish.