NEOning asosiy faoliyati va maqsadlari
Erasmus+ milliy ofisi quyidagi umumiy maqsadlarga hissa qo'shadi: O'zbekistonda Erasmus+ dasturining dolzarbligi, samaradorligi va ta'sirini oshirish.
Erasmus+ milliy ofisining o'ziga xos faoliyati:
• Erasmus+ dasturiga oid barcha ma'lumotlarni targ'ib qilish va tarqatish: Erasmus+ dasturini ilgari surish va uning natijalaridan foydalanish uchun konferensiyalar, seminarlar, axborot kunlari va boshqa tadbirlarni tashkil etish;
• Potentsial nomzodlarga maslahat berish, xabardor qilish va yordam berish; potentsial murojaat etuvchilar uchun axborot/kontakt uchrashuvlari, seminarlar tashkil etish; potentsial murojaat etuvchilarga milliy yoki xorijiy hamkorlarni qidirishda yordam berish; loyihani amalga oshirishda ishtirok etuvchi oliy ta’lim va boshqa muassasalarga ko‘maklashish; loyihalararo hamkorlikni rivojlantirish, loyihalar o‘rtasidagi sinergiyani kuchaytirish va ilg‘or tajriba almashish;
• Siyosiy muloqotni qo'llab-quvvatlash, ekspertlar va mahalliy hokimiyat organlari bilan aloqalarni davom ettirish, siyosat rivojlanishini kuzatish;
• Oliy taʼlimni isloh qilish boʻyicha Milliy ekspertlar guruhi (HEREs) faoliyatini qoʻllab-quvvatlash va muvofiqlashtirish;
• Yevropa Ittifoqining oliy ta'lim sohasidagi boshqa dasturlari, faoliyati, tashabbuslari to'g'risidagi ma'lumotlarni ilgari surish va tarqatish;
• Erasmus+ dasturlari tadbirlarini web-sayt va ijtimoiy tarmoqlarda, reklama materiallarida va axborot kampaniyalarida targ'ibot qilish.