Videolar
Erasmus+ Haftaligi 2026 doirasidagi: Horizon Europe moliyalashtirish imkoniyatlari
Erasmus+ Haftaligi 2026 doirasidagi ayrim sessiyalarni o‘tkazib yubordingizmi? Endi ularni yozuv orqali tomosha qilishingiz mumkin!
Erasmus+ Haftaligi 2026 5-may kunida Westminister xalqaro universitetda Yevropa ta’lim va tadqiqot dasturlari bo‘yicha ekspertlar hamda muvaffaqiyatli bitiruvchilardan qimmatli ma’lumotlar olishdi. Endilikda ushbu sessiyalar yozuvlari orqali ulardan istalgan vaqtda foydalanishingiz mumkin.
Horizon Europe moliyalashtirish imkoniyatlari
Ushbu sessiyada ishtirokchilarga Yevropa Ittifoqining tadqiqot va innovatsiyalar bo‘yicha eng yirik dasturi — Horizon Europe haqida batafsil ma’lumot berildi.
🔹 Sessiya davomida:
🔹 Yevropa Ittifoqi va O‘zbekiston o‘rtasidagi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari
🔹 Horizon Europe dasturi doirasidagi moliyalashtirish imkoniyatlari
🔹 Milliy aloqa nuqtalari (NCP)ning roli va vazifalari
🔹 Hamkor topish va konsorsium shakllantirish strategiyalari
🔹 Muvaffaqiyatli loyiha taklifi (proposal) tayyorlash bo‘yicha amaliy tavsiyalar kabi muhim mavzular muhokama qilindi.
Yozuvni tomosha qiling: https://youtu.be/OWyFagSgg8Y