2015-2020 yillar sayti

Yangiliklar

CBHE loyihalarining ta’siri: Green University loyihasi misolida onlayn sessiya o‘tkazildi

14
CBHE loyihalarining ta’siri: Green University loyihasi misolida onlayn sessiya o‘tkazildi

2026-yil 6-may kuni soat 14:00 da Erasmus+ dasturi doirasida “CBHE loyihalarining ta’siri (Green University loyihasi misolida)” mavzusida onlayn sessiya tashkil etildi.

Mazkur tadbir davomida ishtirokchilar Capacity Building in Higher Education (CBHE) loyihalarining oliy ta’lim muassasalariga ko‘rsatayotgan amaliy ta’siri, ularning ta’lim sifati, boshqaruv tizimi va xalqaro hamkorlikni rivojlantirishdagi o‘rni haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.

Sessiyada “Green University” loyihasi misolida Erasmus+ tashabbuslari orqali universitetlarda amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar, ekologik barqarorlik tamoyillarini joriy etish hamda “yashil transformatsiya” yo‘nalishidagi yutuqlar taqdim etildi.

Tadbir davomida quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratildi:

  • CBHE loyihalarining universitetlar faoliyatiga ta’siri;
  • “Green University” loyihasi doirasida erishilgan natijalar;
  • Barqaror rivojlanish va yashil transformatsiya tamoyillari;
  • Ta’lim va ilmiy-tadqiqot jarayonlarida innovatsion yondashuvlar;
  • Xalqaro hamkorlik va tajriba almashinuvining ahamiyati.

Sessiya ishtirokchilarga Erasmus+ loyihalarining nafaqat yangi imkoniyatlar yaratishi, balki universitetlar rivojiga xizmat qiluvchi real natijalar va barqaror o‘zgarishlarni ta’minlayotgani haqida muhim tushunchalar berdi.

Erasmus+ loyihalari orqali oliy ta’lim muassasalarida xalqaro hamkorlik kengayib, yangi o‘quv modullari joriy etilmoqda, ilmiy-tadqiqot salohiyati va universitetlarning xalqaro nufuzi oshib bormoqda.

Erasmus+ — bu nafaqat imkoniyat, balki ta’lim tizimidagi real o‘zgarishlar va natijalardir.

Key Action 1: Learning Mobility of Individuals

Key Action 2: Cooperation among organisations and institutions

Key Action 3

Jean Monnet Actions

Bizning hamkorlarimiz