Yangiliklar
Erasmus+ CBHE EMPOWER PROJECT WORKSHOP tadbiri
Erasmus+ CBHE EMPOWER PROJECT WORKSHOP (Enhancement of Entrepreneurship Skills among Women to Provide Gender Equality and Employability for Citizens of Uzbekistan)
Kimyo International University in Tashkent hamda O‘zbekistondagi Erasmus+ Milliy Ofisi hamkorligida Erasmus+ CBHE EMPOWER loyihasi workshopi 8-may kuni Erasmus+ haftaligi doirasida muvaffaqiyatli tashkil etildi.

Biz quyidagi faxriy mehmonlarni kutib olishdan mamnun bo‘ldik:
- Aziza Karimovna Abdurakhmonova – O‘zbekistondagi Erasmus+ Milliy Ofisi Koordinatori
- Akmal Baltayevich Allakuliyev – KIUT rektori
- Farkhad Niyazov – KIUT SDG Excellence Centre direktori
- Janar Salimovna Abuova – CAU tomonidan EMPOWER loyihasining bosh koordinatori
Workshop doirasida 70 ga yaqin offline va 100 dan ortiq online ishtirokchilar qatnashib, bilim almashish, muloqot va xalqaro hamkorlik uchun samarali platforma yaratildi.

Tadbir davomida ayollar tadbirkorligi, liderlik, bandlik, innovatsiyalar va gender tengligi mavzularida ilhomlantiruvchi muhokamalar bo‘lib o‘tdi. Interaktiv sessiyalar, ayniqsa, qizlar va taklif etilgan mehmonlar tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi.
Tadbir yakunida eng faol offline ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi.
Ushbu muvaffaqiyatli tadbir Erasmus+ hamkorligining ayollarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ko‘nikmalarini rivojlantirish va barqaror imkoniyatlar yaratish yo‘lidagi muhim qadami bo‘ldi.
Birgalikda ayollarni ta’lim, innovatsiya va tadbirkorlik orqali qo‘llab-quvvatlaymiz!