2015-2020 yillar sayti

Yangiliklar

Yevropa kuni: Toshkentda Yevropa Ittifoqi festivali — 2026 bo‘lib o‘tdi

18
Yevropa kuni: Toshkentda Yevropa Ittifoqi festivali — 2026 bo‘lib o‘tdi

“Yevropa kuni oddiy, ammo kuchli g‘oyani aks ettiradi: hamkorlik tinchlik, imkoniyatlar va taraqqiyot olib keladi. Bugun biz Yevropa va O‘zbekistonni bog‘lab turuvchi umumiy qadriyatlarni nafaqat so‘zlar, balki tajriba orqali ham nishonlaymiz. Ushbu festival — Yevropani sizlarga yanada yaqinroq qilish yo‘limizdir”, - Toyvo Klaar Janobi Oliylari, Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi elchisi. 


2026 yil 2 may, Toshkent, O‘zbekiston.
 Bugun poytaxtdagi Yoshlar ijod saroyida Yevropa Ittifoqi festivali — Yevropa kuni 2026 bo‘lib o‘tdi. Odatdagi makon uchrashuvlar, g‘oyalar va madaniyatlar uchun ochiq maydonga aylandi.

Festival ochilishidagi tabrik nutqida Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi elchisi, Toyvo Klaar Janobi Oliylari shunday dedi: 

“Yevropa kuni oddiy, ammo kuchli g‘oyani aks ettiradi: hamkorlik tinchlik, imkoniyatlar va taraqqiyot olib keladi. Bugun biz Yevropa va O‘zbekistonni bog‘lab turuvchi umumiy qadriyatlarni nafaqat so‘zlar, balki tajriba orqali ham nishonlaymiz. Ushbu festival — Yevropani sizlarga yanada yaqinroq qilish yo‘limizdir”.

Bu bayram shunchaki sana emas. Uning ildizlari 76 yil avval, 1950 yil 9 may kuni Fransiya tashqi ishlar vaziri Robert Shuman birlashgan Yevropa haqidagi qarashlarini bayon etgan Deklaratsiyaga borib taqaladi. Bugun bu kun tinchlik, hamkorlik va umumiy kelajak sari intilish ramziga aylangan. Toshkentda esa ushbu qadriyatlar jonli va ko‘p madaniyatli festival orqali namoyon bo‘ldi.

Festival mehmonlari Toshkentdan chiqmasdan turib “Yevropa bo‘ylab sayr qilish” imkoniga ega bo‘ldilar. Milliy pavilyonlar, tillar, musiqa, gastronomiya va an’analar - bularning barchasi muloqot, interaktiv faoliyatlar va bevosita uchrashuvlar orqali taqdim etildi. Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar elchixonalari - Germaniya, Gretsiya, Ispaniya, Fransiya, Italiya, Kipr, Polsha, Sloveniya, Slovakiya va Finlyandiya - Yevropa Jamoasi ruhida birlashib, o‘z madaniyatini norasmiy va ochiq tarzda, insonlar, hikoyalar va hissiyotlar orqali ulashdi.

Festival, shuningdek, imkoniyatlar maydoni ham bo‘ldi. Gretsiya va Germaniya madaniyat markazlari, Germaniya akademik almashinuv xizmati — DAAD, Gyote-Instituti, Fransuz Alyansi va Yevropa Ittifoqining Erasmus+ milliy ofisi taqdimotlari orqali mehmonlar nafaqat Yevropaning yorqin va rang-barang madaniy hayoti bilan yaqindan tanishdilar, balki stipendiyalar, ta’lim dasturlari, amaliyotlar, almashinuv va kasbiy rivojlanish imkoniyatlari haqida ham ma’lumot oldilar. Tashrif buyuruvchilar Yevropa Ittifoqi tomonidan O‘zbekistonda va Markaziy Osiyoda moliyalashtirilayotgan ta’lim va ekologiyadan tortib raqamlashtirish, o‘zaro bog‘liqlik va fuqarolik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashgacha qaratilgan loyihalar bilan tanishdilar —. Yaqinda Toshkentda o‘z ofisini ochgan Yevropa investitsiya banki faoliyatiga bag‘ishlangan alohida stend ham tashkil etildi. Bu xalqaro hamkorlikning real hayotda qanday ishlashini yaqqol ko‘rsatuvchi misoldir.

Key Action 1: Learning Mobility of Individuals

Key Action 2: Cooperation among organisations and institutions

Key Action 3

Jean Monnet Actions

Bizning hamkorlarimiz