2015-2020 yillar sayti

Yangiliklar

Nukusda Erasmus+ CBHE dasturi doirasida seminar tashkil etildi

15
Nukusda Erasmus+ CBHE dasturi doirasida seminar tashkil etildi

Nukus davlat texnika universiteti “Kompyuter injiniringi” kafedrasi mudiri A.I.Tureniyazova rahbarligida Erasmus+ CBHE - Oliy ta’lim muassasalari salohiyatini kuchaytirish dasturi doirasida loyihalar tayyorlashga bag‘ishlangan muhim seminar 2-may kuni tashkil etildi.

 

Seminar davomida ishtirokchilarga xalqaro grant loyihalarini ishlab chiqish, ularni samarali rejalashtirish va tanlovda muvaffaqiyatli ishtirok etish bo‘yicha batafsil tushuntirishlar berildi. Xususan, quyidagi dolzarb masalalar atroflicha yoritildi:

— Yevropa mamlakatlaridan ishonchli hamkor (sherik) tashkilotlarni aniqlash va ular bilan aloqalarni yo‘lga qo‘yish usullari;
— Muvaffaqiyatli loyiha g‘oyalarini shakllantirish va ustuvor yo‘nalishlarni tanlash;
— Loyiha turini to‘g‘ri belgilash va tanlov talablari asosida hujjatlarni tayyorlash;
— Baholash mezonlari asosida yuqori ball olish strategiyalari;
— Loyihaning dolzarbligi va zarurligini asoslash mexanizmlari;
— Samarali loyiha konsorsiumini shakllantirish tamoyillari;
— Hamkor tanlashda e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan asosiy mezonlar.

Shuningdek, seminar doirasida inklyuziv ta’limni rivojlantirish, doimiy ish o‘rinlarini yaratish hamda ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan innovatsion loyiha tashabbuslarini ishlab chiqish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.

Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar olib, xalqaro grant loyihalarini tayyorlash bo‘yicha muhim bilim va ko‘nikmalarni egalladilar.

Key Action 1: Learning Mobility of Individuals

Key Action 2: Cooperation among organisations and institutions

Key Action 3

Jean Monnet Actions

Bizning hamkorlarimiz