Yangiliklar
Toshkent iqtisodiyot va pedagogika universitetida Erasmus+ haftaligi doirasida tadbir
Joriy yilning 6-may kuni Toshkent iqtisodiyot va pedagogika universitetida Erasmus+ haftaligi doirasida "Erasmus+ axborot seminari" tashkil etildi.
Toshkent iqtisodiyot va pedagogika universitetida National Erasmus+ Office Uzbekistan (NEO) hamkorligida tashkil etilgan “Erasmus+ Week” xalqaro tadbiri Oʻzbekiston telekanali orqali keng jamoatchilikka namoyish etildi.

Mazkur xalqaro loyiha doirasida Erasmus+ dasturining ta’lim, ilm-fan va xalqaro hamkorlik sohalaridagi imkoniyatlari, talabalar hamda professor-o‘qituvchilar uchun yaratilayotgan yangi istiqbollar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Ushbu tadbirga Erasmus+ CBHE - ECAMPUZ loyiha menejeri Khumora Yunuskhodjaeva ham spiker sifatida ishtirok etdi hamda loyiha natijalari va shaxiy tajribalarini ulashdi.

Tadbir davomida universitetning xalqaro maydondagi faoliyati, innovatsion yondashuvlari hamda xorijiy hamkorlik aloqalarini rivojlantirish borasidagi ishlari alohida e’tirof etildi.
