2015-2020 yillar sayti

Yangiliklar

Guliston davlat universitetida Erasmus+ haftaligi doirasida xalqaro axborot-metodologik seminar bo‘lib o‘tdi

11
Guliston davlat universitetida Erasmus+ haftaligi doirasida xalqaro axborot-metodologik seminar bo‘lib o‘tdi

2026-yil 4-may kuni Erasmus+ haftaligi doirasida Guliston davlat universiteti mezbonligida Erasmus+ axborot-metodologik  seminari  tashkil etildi.

Mazkur tadbirda Guliston davlat universiteti bilan bir qatorda Sirdaryo viloyatidagi OTMlar kafedralaridan professor-o‘qituvchilar, doktorantlar, ilmiy tadqiqotchilar va erkin tinglovchilardan iborat keng auditoriya ishtirok etdi.

Seminar jarayoni qizg‘in va samarali muhokamalar ruhida o‘tdi. Tadbir davomida Innovatsion texnologiyalar universiteti prorektori hamda Erasmus+ CBHE - TEX4FUTURE loyihasi koordinatori, professor Jahongir Gafurov hamda Milliy Erasmus+ ofisi loyiha menejerlari Maxmudjon O'tkurov va Bonu Abdusalomova tomonidan loyiha doirasidagi muhim ma’lumotlar va amaliy jihatlar taqdim etildi.

Shuningdek, ishtirokchilar tomonidan berilgan turli savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar berildi.

Key Action 1: Learning Mobility of Individuals

Key Action 2: Cooperation among organisations and institutions

Key Action 3

Jean Monnet Actions

Bizning hamkorlarimiz