2015-2020 yillar sayti

Yangiliklar

Erasmus+ Week 2026 doirasida WIUTda Horizon Europe loyiha takliflarini ishlab chiqish sessiyasi bo‘lib o‘tdi

29
Erasmus+ Week 2026 doirasida WIUTda Horizon Europe loyiha takliflarini ishlab chiqish sessiyasi bo‘lib o‘tdi

2026-yil 5-may kuni Westminster International University in Tashkentda Erasmus Week 2026 doirasida Horizon Europe loyiha takliflarini ishlab chiqishga bag‘ishlangan “From Call Text to Competitive Proposal – Understanding Calls, Evaluation & Proposal Writing” mavzusidagi sessiya bo‘lib o‘tdi.

Tadbir O‘zbekistonning turli hududlaridan tadqiqotchilar, akademik xodimlar va loyiha ishlab chiquvchilarini bir joyga jamlab, muassasalar salohiyatini mustahkamlash hamda Yevropa Ittifoqining yetakchi tadqiqot va innovatsiya dasturi — Horizon Europe dasturidagi ishtirokni kengaytirishga xizmat qildi.

Sessiyada quyidagi nufuzli spikerlar ishtirok etdi:

  • Dr. Alisher Pulatov — WIUTdagi SOLTE fakulteti dekani
  • Christos Marazopoulos — O‘zbekistondagi Yevropa Ittifoqi Delegatsiyasining birinchi maslahatchisi va hamkorlik bo‘limi rahbari
  • Jahongir Gafurov — Milliy Kontakt Nuqtasi (NCP) va University of Innovation Technologies prorektori
  • Mattia Ceracchi — Brussels Unit rahbari / GSF/ARPE eksperti

 

Ishtirokchilar Horizon Europe loyiha takliflarini tayyorlash bo‘yicha amaliy bilimlarga ega bo‘lib, quyidagi mavzular muhokama qilindi:

  • tanlov matnlari va kutilayotgan natijalarni to‘g‘ri talqin qilish;
  • loyiha takliflarini asosiy baholash mezonlari — Excellence, Impact va Implementation bilan uyg‘unlashtirish;
  • loyiha takliflaridagi keng tarqalgan kamchilik va muammolarni aniqlash;
  • innovatsion loyiha g‘oyalarini 2026-yilgi grant tanlovlariga, jumladan Marie Skłodowska-Curie Actions va Horizon Europe Cluster imkoniyatlariga moslashtirish.

Sessiya xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, loyiha yozish ko‘nikmalarini oshirish hamda O‘zbekistonning Yevropa tadqiqot va innovatsiya tashabbuslaridagi ishtirokini kengaytirish uchun muhim platforma bo‘lib xizmat qildi.

Key Action 1: Learning Mobility of Individuals

Key Action 2: Cooperation among organisations and institutions

Key Action 3

Jean Monnet Actions

Bizning hamkorlarimiz