Joriy yilning 7-may kuni Renessans universitetida Erasmus+ axborot seminari bo‘lib o‘tdi.

Seminar O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, O‘zbekistondagi Yevropa Ittifoqi Delegatsiyasi, Erasmus+ milliy ofisi hamda Renessans universiteti hamkorligida tashkil etildi.
Tadbir davomida Erasmus+ dasturlari, oliy ta’lim muassasalari uchun xalqaro imkoniyatlar, Jean Monnet yo‘nalishi, grant loyihalarini tayyorlash, hamkorlar topish hamda xalqaro akademik aloqalarni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Seminarda Erasmus+ loyihalarida ishtirok etish, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va grant imkoniyatlaridan samarali foydalanish bo‘yicha professor-o‘qituvchilar va mutaxassislarga muhim tavsiyalar berildi.
Tadbir onlayn va offlayn formatlarda tashkil etilib, ishtirokchilar uchun xalqaro tajriba almashish va yangi hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish uchun samarali platforma bo‘lib xizmat qildi.
