2015-2020 yillar sayti

Yangiliklar

Erasmus+ Haftaligi xulosasi (5–8 may 2025)

17
Erasmus+ Haftaligi xulosasi (5–8 may 2025)

5-May (Dushanba)

Axborot sessiyasi: Oliy ta’lim muassasalari uchun Erasmus+ imkoniyatlari

5-may kuni Erasmus+ Haftaligi doirasida ilk tadbir bo‘lib o‘tdi. Oriental universitetida tashkil etilgan ushbu axborot sessiyasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Erasmus+ Milliy ofisi (NEO) hamda Higher Education Reform Experts (HEREs) jamoasi hamkorligida o‘tkazildi.

Sessiyada Toshkentdagi yetakchi oliy ta’lim muassasalari vakillari ishtirok etib, Erasmus+ dasturining 2026-yilgi Call yangiliklari, CBHE Strand 1 yo‘nalishi bo‘yicha tavsiyalar hamda amaldagi CBHE loyihalari tajribalari bilan tanishdilar.

Muhokama qilingan asosiy mavzular quyidagilardan iborat bo‘ldi:

  • Erasmus+ dasturidagi joriy imkoniyatlar

  • Yangi ishtirokchilar uchun amaliy tavsiyalar

  • Amaldagi loyihalar doirasida tajriba almashish

Tadbir ishtirokchilari nafaqat foydali ma’lumotlarga ega bo‘lishdi, balki yangi hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish imkoniyatiga ham ega bo‘lishdi.

Batafsil: https://erasmus.uz/publications/521-erasmus-haftaligi-1-kuni-axborot-sessiyasi-toshkentda-muvaffaqiyatli-o-tkazildi

Erasmus+ Haftaligi 1-kuni: Axborot sessiyasi Toshkentda muvaffaqiyatli o‘tkazildi!

Erasmus+ CBHE loyihalarining Turin Politexnika Universitetiga ta’siri

5-may kuni Erasmus+ haftaligi doirasida “Erasmus+ CBHE loyihalarining Turin Politexnika Universitetiga ta’siri” mavzusida Zoom uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davomida universitet vakillari va loyiha ishtirokchilari CBHE (Oliy ta’limda salohiyatni oshirish) loyihalari orqali erishilgan yutuqlar va ularning TTPUdagi ta’siri haqida fikr almashdilar.

Muhokama qilingan asosiy yo‘nalishlar quyidagilardan iborat bo‘ldi:

  • MechaUz, HiEdTec, ELBA va TACEESM loyihalarini amalga oshirish tajribasi

  • O‘quv jarayoniga zamonaviy yondashuvlar va raqamli texnologiyalarni joriy etish

  • Mexatronika, energiya samaradorligi va ekologiya yo‘nalishlarida yangi kurslar hamda laboratoriyalarni yaratish

  • Professor-o‘qituvchilarning malakasini xalqaro hamkorlik orqali oshirish

  • Yevropadagi universitetlar va sanoat sohasi bilan mustahkam aloqalarni rivojlantirish

Batafsil: https://erasmus.uz/publications/520-erasmus-haftaligi-doirasida-turin-politexnika-universitetida-onlayn-uchrashuv-o-tkazildi

Erasmus+ Week at Turin Polytechnic University in Tashkent

 

6-May (Seshanba)

Metodik sessiya: Erasmus+ CBHE va Jean Monnet loyihalari – Yaxshi loyiha taklifini qanday ishlab chiqish kerak

6-may kuni Toshkentdagi Westminster xalqaro universitetida Erasmus+ CBHE va Jean Monnet loyihalariga bag‘ishlangan oflayn metodologik sessiya bo‘lib o‘tdi. Tadbirda O‘zbekiston bo‘ylab oliy ta’lim muassasalarining mutaxassislari va vakillari ishtirok etdi. Sessiyada kuchli loyihalarni ishlab chiqish va Erasmus+ imkoniyatlaridan samarali foydalanish bo‘yicha amaliy yo‘riqnomalar taqdim etildi.

Tadbirning asosiy jihatlari:

  • Mahmudjon Utkurov va Bonu Abdusalomova tomonidan Erasmus+ dasturi doirasida ta’lim muassasalari va individual imkoniyatlar haqida ma’lumotlar

  • Dr. Xabibullo Nosirov va dotsent Dildora Shadiyeva tomonidan muvaffaqiyatli CBHE va Jean Monnet loyihalari tajribalari asosidagi taqdimotlar

  • Oliy ta’lim muassasalari va amaldagi Erasmus+ loyihalari ishtirokchilari bilan ochiq savol-javoblar va aloqa qilish imkoniyatlari

Batafsil: https://erasmus.uz/publications/526-erasmus-metodologik-sessiyasi-wiutda

Erasmus+ Metodologik Sessiyasi WIUTda!

Erasmus+ CBHE loyihalarining TATU Urganch filialiga ta’siri

6-may kuni, O‘zbekistonda Erasmus+ haftaligi doirasida, “Erasmus+ CBHE loyihalarining TATU Urganch filialiga ta’siri” mavzusida Zoom orqali onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda universitet vakillari hamda loyiha manfaatdor tomonlari ishtirok etib, Erasmus+ Oliy ta’limda salohiyatni oshirish (CBHE) dasturlari doirasida amalga oshirilgan loyihalarning filial hayotiga ko‘rsatgan ta’siri muhokama qilindi.

Uchrashuv davomida CBHE loyihalari TATU Urganch filialining modernizatsiya, innovatsiya va xalqaro hamkorlikka qaratilgan strategik maqsadlariga xizmat qilayotgani alohida ta’kidlandi.

Batafsil: https://erasmus.uz/publications/525-erasmus-haftaligi-doirasida-tatu-urganch-filialida-onlayn-uchrashuv-o-tkazildi

An Online Meeting Held at TUIT Urgench Branch as art of Erasmus+ Week!

 

7-May (Chorshanba)

Erasmus+ dasturining mobillik imkoniyatlari

7-may kuni Toshkent Menejment va Iqtisodiyot institutida Erasmus+ dasturining imkoniyatlariga bag‘ishlangan axborot tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda ishtirokchilar quyidagi yo‘nalishlar haqida batafsil ma’lumotga ega bo‘lishdi:

  • Erasmus Mundus qo‘shma magistrlik dasturlari (EMJM)

  • Xalqaro kredit mobilligi (ICM)

  • Marie Skłodowska-Curie tadqiqot dasturlari

  • Erasmus+ bitiruvchilarining tajribalari

Maxsus mehmon — Mohammad Rajai, Erasmus+ bitiruvchilari uchun xalqaro tarmoq (OCEANS Network) Xalqaro bo'lim boshlig'i, o‘z tajribasi bilan o‘rtoqlashdi va talabalar uchun ajoyib motivatsiya bera oldi deb o'ylaymiz.

Batafsil: https://erasmus.uz/publications/531-erasmus-haftaligi-doirasida-toshkentda-navbatdagi-axborot-tadbiri-o-tkazildi

Another Erasmus+ Info Session Held in Tashkent as Part of Erasmus+ Week!

Erasmus+ CBHE loyihalarining Farg‘ona Davlat Texnika Universitetiga ta’siri

8-may kuni, Erasmus+ haftaligi doirasida "Erasmus+ CBHE loyihalarining Farg‘ona Politexnika Institutiga ta’siri" mavzusida onlayn sessiya bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davomida Erasmus+ dasturining Oliy ta’limda salohiyatni oshirish (CBHE) yo‘nalishidagi loyihalari orqali FerPIda ta’lim tizimi modernizatsiya qilinayotgani va xalqaro hamkorlik kuchayib borayotgani haqida so‘z yuritildi.

Farg‘ona Politexnika Institutida amalga oshirilayotgan CBHE loyihalari:

  • MECHAUZ (2021–2024) – Mexanika muhandisligi yo‘nalishini modernizatsiya qilish

  • SPACECOM (2021–2024) – Kosmik fanlar va aloqa yo‘nalishida salohiyatni oshirish

  • DEBSEUz (2020–2023) – Biznes ta’limini rivojlantirish

  • LESLIE (2023–2026) – Huquqiy ta’lim va umrboqiy o‘qitishni qo‘llab-quvvatlash

  • GREENDT (2024–2027) – Yashil va barqaror rivojlanishga oid ta’limni ilgari surish

Batafsil: https://erasmus.uz/publications/527-erasmus-cbhe-loyihalari-farg-ona-davlat-texnika-universitetida

Erasmus+ CBHE loyihalari Farg'ona Davlat Texnika Universitetida!

 

8-May (Chorshanba)

O‘zbekiston uchun Erasmus+ dasturi imkoniyatlari

8-may kuni Erasmus+ dasturi imkoniyatlarini viloyatlardagi oliy ta'lim muassasalariga yetkazishda yana bir muhim qadamlardan biri – Shahrisabzdagi tadbir bo‘ldi.
Qashqadaryo viloyatidagi oliy ta’lim muassasalari vakillari, Higher Education Reform Experts (HEREs) jamoasi va Capacity Building Higher Education (CBHE) loyihalari ishtirokchilari bilan jonli muloqot tashkil etildi.

Sessiyada davomida muhokama qilingan mavzular:

  • Erasmus+ 2026-yilgi tanlovi va OTMlar uchun imkoniyatlar

  • CBHE loyiha takliflarini yozish bo‘yicha amaliy tavsiyalar

  • Mobility dasturlari haqida ma’lumotlar

  • ITEM, MECHAUZ, HEMUA kabi CBHE loyihalari tajribalari

Shu jumladan, Jean Monnet loyihalari va Erasmus Mundus qo‘shma magistrlik dasturlari bo'yicha ikkita paralel sessiyalar ham o‘tkazildi.

Motivatsiya, bilim va yangi aloqalar bilan boyitilgan yana bir Erasmus+ tadbiri ortda qoldi. Sizlarni qolgan sessiyalarimizda kutib qolamiz!

Batafsil: https://erasmus.uz/publications/524-erasmus-imkoniyatlari-sessiyasi-shahrisabz-davlat-pedagogika-institutida

Erasmus+ Opportunities Session at Shakhrisabz State Pedagogical Institute!

Erasmus+ CBHE Projects Information: DEBSEUz and Best Practices

Erasmus+ haftaligi doirasida 8-may kuni “Erasmus+ CBHE Projects Information: DEBSEUz and Best Practices” mavzusida onlayn sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Taqdimot Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti (TATU) dotsenti Halimjon Xujamatov tomonidan olib borilib, O‘zbekistonda quyosh energiyasi sohasida bakalavriat yo‘nalishlarini joriy etishga qaratilgan Erasmus+ CBHE (Oliy ta’limni rivojlantirish) loyihasi tajribalari asosida maslaxatlar berildi.

Sessiyada davomida muhokama qilingan mavzular:

  • Loyiha maqsadlari va ish ko'lami (work package)

  • O‘quv dasturlar, laboratoriyalar va o‘quv markazlari bo‘yicha erishilgan natijalar

  • Hamkorlikdagi eng yaxshi amaliy tajribalar

  • Ishtirokchilar bilan ochiq savol-javob

Loyiha yoshlarga, xususan, kam ta’minlangan oilalardan chiqqan talabalar uchun qayta tiklanuvchi energiya sohasida sifatli ta’lim olish imkoniyatini kengaytirishni maqsad qilgan.

Batafsil: https://erasmus.uz/publications/523-erasmus-haftaligi-doirasida-cbhe-loyihalari-debseuz-va-eng-yaxshi-tajribalar-haqida-gapiramiz

Erasmus+ Week – CBHE projects: DEBSEUz & best practices!

Qoraqalpog‘iston oliy ta’lim muassasalarida Erasmus+ loyihalarining eng yaxshi tajribalari

8-may kuni Nukus davlat texnika universitetida Erasmus+ haftaligi doirasida axborot va tajriba almashish sessiyalari bo‘lib o‘tdi. Tadbirda “Axborot texnologiyalari” kafedrasi mudiri, xalqaro ekspert hamda Erasmus+ dasturi doirasidagi Higher Education Reform Experts (HEREs) a’zosi A. Tureniyazova ishtirok etdi.

Sessiyalar davomida professor-o‘qituvchilar bilan birgalikda ilg‘or tajribalar, innovatsion yondashuvlar hamda Erasmus+ dasturi orqali xalqaro hamkorlik imkoniyatlari bo‘yicha fikr almashildi. O‘qituvchilar faol ishtirok etib, o‘z savollariga javob oldilar va kelgusidagi hamkorlik uchun muhim yo‘nalishlarni muhokama qildilar.

Mazkur sessiyalar Erasmus+ haftaligi (5–8 may) doirasida o‘tkazilgan mintaqaviy tadbirlardan biri bo‘lib, universitetlararo bilim va tajriba almashuvini kuchaytirishga xizmat qildi.

Batafsil: https://erasmus.uz/publications/536-erasmus-haftaligi-doirasida-nukusda-tajriba-almashildi

Erasmus+ Haftaligi doirasida Nukusda tajriba almashildi

 

Key Action 1: Learning Mobility of Individuals

Key Action 2: Cooperation among organisations and institutions

Key Action 3

Jean Monnet Actions

Bizning hamkorlarimiz