2015-2020 yillar sayti

Yangiliklar

Erasmus+ haftaligi doirasida CBHE loyihalari – DEBSEUz va eng yaxshi tajribalar haqida gapiramiz!

12
Erasmus+ haftaligi doirasida CBHE loyihalari – DEBSEUz va eng yaxshi tajribalar haqida gapiramiz!

Erasmus+ haftaligi doirasida 7-may kuni “Erasmus+ CBHE Projects Information: DEBSEUz and Best Practices” mavzusida onlayn sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Taqdimot Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti (TATU) dotsenti Halimjon Xujamatov tomonidan olib borilib, O‘zbekistonda quyosh energiyasi sohasida bakalavriat yo‘nalishlarini joriy etishga qaratilgan Erasmus+ CBHE (Oliy ta’limni rivojlantirish) loyihasi tajribalari asosida maslaxatlar berildi.

Sessiyada davomida muhokama qilingan mavzular:

  • Loyiha maqsadlari va ish ko'lami (work package)

  • O‘quv dasturlar, laboratoriyalar va o‘quv markazlari bo‘yicha erishilgan natijalar

  • Hamkorlikdagi eng yaxshi amaliy tajribalar

  • Ishtirokchilar bilan ochiq savol-javob

 

Loyiha yoshlarga, xususan, kam ta’minlangan oilalardan chiqqan talabalar uchun qayta tiklanuvchi energiya sohasida sifatli ta’lim olish imkoniyatini kengaytirishni maqsad qilgan.

Key Action 1: Learning Mobility of Individuals

Key Action 2: Cooperation among organisations and institutions

Key Action 3

Jean Monnet Actions

Bizning hamkorlarimiz