Yangiliklar
Erasmus+ CBHE loyihalari Farg'ona Davlat Texnika Universitetida!
 
                            
                            8-may kuni, Erasmus+ haftaligi doirasida "Erasmus+ CBHE loyihalarining Farg‘ona Politexnika Institutiga ta’siri" mavzusida onlayn sessiya bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davomida Erasmus+ dasturining Oliy ta’limda salohiyatni oshirish (CBHE) yo‘nalishidagi loyihalari orqali FerPIda ta’lim tizimi modernizatsiya qilinayotgani va xalqaro hamkorlik kuchayib borayotgani haqida so‘z yuritildi.
Farg‘ona Politexnika Institutida amalga oshirilayotgan CBHE loyihalari:
- 
MECHAUZ (2021–2024) – Mexanika muhandisligi yo‘nalishini modernizatsiya qilish 
- 
SPACECOM (2021–2024) – Kosmik fanlar va aloqa yo‘nalishida salohiyatni oshirish 
- 
DEBSEUz (2020–2023) – Biznes ta’limini rivojlantirish 
- 
LESLIE (2023–2026) – Huquqiy ta’lim va umrboqiy o‘qitishni qo‘llab-quvvatlash 
- 
GREENDT (2024–2027) – Yashil va barqaror rivojlanishga oid ta’limni ilgari surish 
 
                     
                                 
                                 
                                 
     
     
     
     
    