Yangiliklar
Erasmus+ Haftaligi 1-kuni: Axborot sessiyasi Toshkentda muvaffaqiyatli o‘tkazildi!
 
                            
                            5-may kuni Erasmus+ Haftaligi doirasida ilk tadbir bo‘lib o‘tdi.

Oriental universitetida tashkil etilgan ushbu axborot sessiyasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Erasmus+ Milliy ofisi (NEO) hamda Higher Education Reform Experts (HEREs) jamoasi hamkorligida o‘tkazildi.

Sessiyada Toshkentdagi yetakchi oliy ta’lim muassasalari vakillari ishtirok etib, Erasmus+ dasturining 2026-yilgi Call yangiliklari, CBHE Strand 1 yo‘nalishi bo‘yicha tavsiyalar hamda amaldagi CBHE loyihalari tajribalari bilan tanishdilar.
Muhokama qilingan asosiy mavzular quyidagilardan iborat bo‘ldi:
- 
Erasmus+ dasturidagi joriy imkoniyatlar 
- 
Yangi ishtirokchilar uchun amaliy tavsiyalar 
- 
Amaldagi loyihalar doirasida tajriba almashish 
Tadbir ishtirokchilari nafaqat foydali ma’lumotlarga ega bo‘lishdi, balki yangi hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish imkoniyatiga ham ega bo‘lishdi.

Erasmus+ Haftaligi davom etmoqda — oldinda yana ko‘plab qiziqarli sessiyalar rejalashtirilgan. Biz bilan qoling va barcha imkoniyatlardan xabardor bo‘lib boring!
 
                     
                                 
                                 
                                 
     
     
     
     
    