Yangiliklar
Erasmus+ haftaligi doirasida Turin Politexnika Universitetida onlayn uchrashuv o'tkazildi!

5-may kuni Erasmus+ haftaligi doirasida “Erasmus+ CBHE loyihalarining Turin Politexnika Universitetiga ta’siri” mavzusida Zoom uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davomida universitet vakillari va loyiha ishtirokchilari CBHE (Oliy ta’limda salohiyatni oshirish) loyihalari orqali erishilgan yutuqlar va ularning TTPUdagi ta’siri haqida fikr almashdilar.
Muhokama qilingan asosiy yo‘nalishlar quyidagilardan iborat bo‘ldi:
-
MechaUz, HiEdTec, ELBA va TACEESM loyihalarini amalga oshirish tajribasi
-
O‘quv jarayoniga zamonaviy yondashuvlar va raqamli texnologiyalarni joriy etish
-
Mexatronika, energiya samaradorligi va ekologiya yo‘nalishlarida yangi kurslar hamda laboratoriyalarni yaratish
-
Professor-o‘qituvchilarning malakasini xalqaro hamkorlik orqali oshirish
-
Yevropadagi universitetlar va sanoat sohasi bilan mustahkam aloqalarni rivojlantirish