Yangiliklar
HEREs nashrlari | Doktoranturada eng yaxshi tajribalar

Sizlarga “Oliy ta’lim taraqqiyoti istiqbollari” jurnalining 17-sonidan ilk maqolani taqdim etamiz. Bu jurnal — O‘zbekiston Oliy ta’lim islohotlari bo‘yicha ekspertlari (HEREs)ning ilmiy-metodik jurnali hisoblanadi.
Muallif: Claire Morel (Marie Skłodowska-Curie Actions bo‘limi boshlig‘i, Yevropa Komissiyasi - Ta’lim, yoshlar, sport va madaniyat masalalari bo‘yicha Bosh boshqarma)
Sarlavha: Marie Skłodowska-Curie dasturi orqali doktorlik ta’limidagi eng yaxshi tajribalar
DOI: 10.34920/phe.2024.17.10
Maqolada Yevropa Ittifoqining nufuzli ilmiy dasturlaridan biri bo'lgan Marie Skłodowska-Curie Actions (MSCA) loyihasi orqali doktorantura ta’limi, tadqiqotchilar mobilligi va ilmiy faoliyatni rivojlantirish bo‘yicha ilg‘or tajribalar yoritilgan.
Asosiy jihatlar:
- MSCA doktorantura tarmoqlari universitetlar, ilmiy institutlar va sanoatni birlashtiradi
- Yosh tadqiqotchilar malaka oshiradi, ko‘nikmalar va yangi imkoniyatlarga ega bo‘ladi
- Adolatli mehnat sharoitlari va mobillik grantlari ilmiy faoliyatni jozibador qiladi
- O‘zbekiston olimlari va tashkilotlari ishtiroki xalqaro hamkorlikda muhim natijalar bermoqda
To‘liq maqola bilan tanishing: DOI havola