2015-2020 yillar sayti

Yangiliklar

Guliston davlat universitetida Xalqaro loyihalarni ishlab chiqish bo‘yicha seminar bo'lib o'tdi

16
Guliston davlat universitetida Xalqaro loyihalarni ishlab chiqish bo‘yicha seminar bo'lib o'tdi

2026-yil 23-sentyabr kuni Guliston davlat universitetida “Xalqaro loyihalarini ishlab chiqish va shakllantirish: Erasmus+ imkoniyatlari” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi.

Mazkur seminar Sirdaryo viloyati hokimligi tashabbusi bilan Guliston davlat universiteti Xalqaro hamkorlik bo‘limining faol ko‘magida tashkil etildi. Unda Sirdaryo viloyatidagi turli tashkilotlar va oliy ta’lim muassasalarining mutaxassislari ishtirok etdi

Tadbirni Guliston davlat universiteti rektori Muxsin Xodjiyev kirish so‘zi bilan ochib berdi va tadbir tashkilotchilari va qatnashchilariga o‘zining samimiy minnatdorligini bildirdi hamda xalqaro loyihalar va grant dasturlarida faol ishtirok etish muhimligini ta’kidladi.

Seminar-treningda xalqaro loyiha va grantlar sohasida katta tajribaga ega mutaxassislar, jumladan, Innovatsion texnologiyalar universiteti prorektori Professor Jahongir G‘ofurov va O‘zbekistondagi Milliy Erasmus+ Ofisi loyiha menejeri Mahmudjon O‘tkurovlar taklif etilib, ularning boy tajribasi va amaliy bilimlari asosida trening mashg‘ulotlari olib borildi.

Tadbir davomida xalqaro grant imkoniyatlari, loyiha g‘oyasi va konsepsiyasini ishlab chiqish, xalqaro hamkorlarni tanlash, loyiha arizasini tayyorlash hamda ish rejasini shakllantirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.

Seminar qizg‘in savol-javoblar va fikr almashuvlar ruhida o‘tdi. Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, xalqaro grant va loyiha imkoniyatlari yuzasidan amaliy tavsiyalar oldilar.

Key Action 1: Learning Mobility of Individuals

Key Action 2: Cooperation among organisations and institutions

Key Action 3

Jean Monnet Actions

Bizning hamkorlarimiz