2015-2020 yillar sayti

Yangiliklar

ERASMUS+ XALQARO KUNLARI 2026

113
ERASMUS+ XALQARO KUNLARI 2026

12–17-oktabr kunlari O‘zbekistonda Erasmus+ International Days 2026 haftaligi bo‘lib o‘tadi.

Mazkur tadbirlar Erasmus Days 2026 xalqaro tashabbusi doirasida tashkil etilmoqda. Erasmus+ International Days tadbirlarimiz Erasmus Days xalqaro platformasida ham ro‘yxatdan o‘tkazilgan va platformada O‘zbekistonning xalqaro Erasmus+ tadbirlari sifatida ko‘rsatilgan (https://www.erasmusdays.eu/).

Hafta davomida O‘zbekistonning turli hududlarida Erasmus+ imkoniyatlari, loyihalar natijalari va hamkorlik tajribalariga bag‘ishlangan 9 ta tadbir tashkil etiladi:

  • Erasmus+ imkoniyatlari bo‘yicha axborot sessiyalari
  • CBHE va Jean Monnet loyihalari bo‘yicha tematik va metodologik seminarlar
  • Erasmus+ loyihalari natijalarini taqdim etish
  • ICM hamkorliklari va boshqa Erasmus+ imkoniyatlari
  • Loyihalarda ishtirok etish bo‘yicha maslahat va ma’lumot sessiyalari

Tadbirlar Toshkent, Urganch, Jizzax, Namangan, Farg‘ona va Nukus shaharlarida tashkil etiladi. Shuningdek, 1 ta tadbir onlayn formatda o‘tkaziladi.

Ro‘yxatdan o‘tish uchun: Havola

Ro‘yxatdan o‘tishning oxirgi muddati: 7-oktabr, soat 15:00

Faqat ro‘yxatdan o‘tgan ishtirokchilarga tadbirlar bo‘yicha taklifnomalar elektron pochta orqali yuboriladi.

Sizni Erasmus+ Xalqaro kunlari 2026 tadbirlarida kutib qolamiz!

 
 

Key Action 1: Learning Mobility of Individuals

Key Action 2: Cooperation among organisations and institutions

Key Action 3

Jean Monnet Actions

Bizning hamkorlarimiz