Yangiliklar
“O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA OLIY TA’LIMNI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI” XALQARO KONFERENSIYASI
19–20 noyabr kunlari “O‘zbekiston Respublikasida oliy ta’limni rivojlantirish istiqbollari” xalqaro konferensiyasi hamda “Ilmiy axborotdan foydalanish va nashr faolligi” an’anaviy ilmiy-ta’lim forumi o‘tkaziladi.
Tadbir O‘zbekiston oliy ta’limini rivojlantirish bo‘yicha tajriba almashish, ilg‘or yondashuvlarni muhokama qilish, zamonaviy tendensiyalar va dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashish, shuningdek, ilmiy tadqiqotlar va nashr faolligini rag‘batlantirishga qaratilgan.
Asosiy mavzular:
- Oliy ta’limda raqamlashtirish va sun’iy intellekt;
- Erasmus+ dasturi va loyihalari: tajriba, yutuqlar va muammolar;
- Xalqaro kredit mobilligi va ta’lim natijalarini O‘zbekistonda joriy etish;
- Bolonya jarayoni va oliy ta’limni xalqarolashtirish;
- Oliy ta’limda loyiha faoliyati va mikromalakalar (micro-credentials);
- Ilmiy axborot resurslaridan foydalanish, ilmiy-metrik tahlil va nashr faolligi;
- Kutubxonalarning ta’lim va ilmiy tadqiqotlar sifatini oshirishdagi roli.
Konferensiyada O‘zbekiston va Markaziy Osiyo mamlakatlaridan oliy ta’lim rahbarlari, HEREs jamoalari, professor-o‘qituvchilar, loyiha koordinatorlari, tadqiqotchilar, talabalar, kutubxona mutaxassislari, shuningdek, Yevropa va xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etishi kutilmoqda.
Format: oflayn va onlayn
Rasmiy tillar: o‘zbek, ingliz va rus tillari
Konferensiya va forum materiallari “Oliy ta’limni rivojlantirish istiqbollari”, “INFOLIB” va “KUTUBXONA.UZ” jurnallarida chop etiladi.
Ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘ting: Havola
Ro'yxatdan o'tish oxirgi muddati: 1-noyabr, 2026
Ro‘yxatdan o‘tgan ishtirokchilarga Zoom havolasi va konferensiya dasturi elektron pochta orqali yuboriladi.