2015-2020 yillar sayti

Yangiliklar

Erasmus+ faoliyati (Erasmus+ Brief) O‘zbekistonda – 2025 yangiliklari

49
Erasmus+ faoliyati (Erasmus+ Brief) O‘zbekistonda – 2025 yangiliklari

Erasmus+ dasturi O‘zbekistonda oliy ta’lim tizimini modernizatsiya qilishda muhim rol o‘ynamoqda.
2015-yildan buyon 98 ta oliy ta’lim muassasasi ushbu dasturda ishtirok etib, xalqaro hamkorlik imkoniyatlari sezilarli darajada kengaydi.

Asosiy natijalar:

  • CBHE loyihalari: 2015–2024 yillarda jami 63 loyiha moliyalashtirildi. Ulardan 43 tasi yakunlandi, 20 tasi hozirda davom etmoqda. Shuningdek, 7 ta loyihani O‘zbekiston universitetlari o‘zlari boshqarib kelmoqda.

  • Xalqaro kredit mobilligi (ICM): 2015-yildan buyon 3000 dan ortiq talaba va xodim almashinuvlarda qatnashdi. 2021–2024 yillar natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston Markaziy Osiyoda eng yuqori ko‘rsatkichga erishdi — mintaqadagi barcha almashuvlarning 39 foizi O‘zbekiston OTMlari hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.

  • Erasmus Mundus: Shu kungacha 127 nafar o‘zbekistonlik talaba grant yutib, Yevropa universitetlarida magistratura bosqichida tahsil oldi.

  • Jean Monnet: O‘zbekistonda 17 loyiha amalga oshirilgan bo‘lib, hozirda 2 ta markaz (UWED va TSUE) faoliyatini davom ettirmoqda.

2024-yilda Erasmus+ va Tempus dasturlari doirasida Yevropa Ittifoqi va O‘zbekiston hamkorligining 30 yilligi nishonlandi. Toshkentda o‘tkazilgan xalqaro konferensiyada mintaqaviy hamkorlikni yanada mustahkamlashga qaratilgan muhim tavsiyalar qabul qilindi.

Batafsil ma’lumot:

Key Action 1: Learning Mobility of Individuals

Key Action 2: Cooperation among organisations and institutions

Key Action 3

Jean Monnet Actions

Bizning hamkorlarimiz