2015-2020 yillar sayti

Yangiliklar

O’zbekistonda Erasmus+ axborot kuni

479
O’zbekistonda Erasmus+ axborot kuni
2021 yil 3 dekabr kuni respublikaning barcha oliy ta’lim muassalari uchun Erasmus+ axborot tadbiri gibrid shaklda bo’lib o’tdi.
 
Tadbirning birinchi qismida Ta’lim sifatini nazorat qilish Davlat Inspektsiyasi rahbari U.N. Tashkenbayev, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o’rinbosari K.X.Karimov, Tashqi ishlar vazirligining Yevropa mamlakatlari va Yevropa Ittifoqi institutlari bilan hamkorlik boshqarmasi boshlig’i A.G.Shakhavdinov, O’zbekistondagi Yevropa Ittifoqi Delegatsiyasining Hamkorlik boshqarmasi rahbar o'rinbosari Mr Alessandro Liamine tomonidan kirish nutqi bilan ishtirok etishdi. Ular o’z nutqlarida oliy ta’limni rivojlantirish va takomillashtirish hamda ta’lim sifatini yuqori bosqichga ko’tarish bo’yicha Erasmus+ dasturining mavjud imkoniyatlaridan respublika OTMlari keng foydalanishi va hamkorlik loyihalarida faol ishtirok etish zarurligi ta’kidlab o’tildi. 
 
Tadbirda Investitsiya va tashqi savdo vazirligi, O’zbekistondagi Frantsiya, Latviya, Vengriya, Chexiya davlatlarining elchixona vaklillari ham ishtirok etishdi. 
 
Tadbirning ikkinchi qismida Bryusseldagi Yevropa Komissiyasi, Ta'lim, yoshlar, sport va madaniyat Bosh Direktorati (DG EAC) va Yevropa ta'lim va madaniyat Ijroiya Agentligi (EACEA) vakillari tomonidan Erasmus+ dasturining 2021-2027 yil yangi imkoniyatlari va O’zbekiston uchun ochiq bo’lgan Yo’nalishlar bo’yicha taqdimotlar bilan ishtirok etishdi. 
 
Tadbirning kun tartibi (EN: offline partonline partUZ) va press-relizi (RUUZ)
 
Tadbir davomida taqdim etilgan taqdimotlari:
1. Erasmus+ dasturining O’zbekiston ta’lim tizimidagi ijobiy ta’siri Aziza Abdurakhmanova
7.     NEO support to target groups and stakeholders, Kudratkhon Bakhadirov
 
Ushbu tadbirning video-yozuvi NEO YouTube kanalida mavjud 

Key Action 1: Learning Mobility of Individuals

Key Action 2: Cooperation among organisations and institutions

Key Action 3

Jean Monnet Actions

Bizning hamkorlarimiz