2015-2020 yillar sayti

Yangiliklar

ERASMUS+ CBHE - TEX4FUTURE XALQARO LOYIHASINING YAKUNIY KONFERENSIYASI BO‘LIB O‘TDI

25
ERASMUS+ CBHE - TEX4FUTURE XALQARO LOYIHASINING YAKUNIY KONFERENSIYASI BO‘LIB O‘TDI

Joriy yilning 22-sentabr kuni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida “Ta’limni modernizatsiya qilish sharoitida zamonaviy mashinasozlik va muhandislik sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlash istiqbollari: xalqaro tajriba” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Mazkur anjuman Erasmus+ Capacity Building in Higher Education dasturi doirasida amalga oshirilayotgan TEX4FUTURE – “Textile Manufacturing for the Future in Uzbekistan and Kazakhstan” xalqaro loyihasining yakuniy konferensiyasi hisoblanadi.

Konferensiyada muhandislik ta’limini modernizatsiya qilish, raqamli texnologiyalar, Industriya 4.0, innovatsion materiallar, barqaror ishlab chiqarish, sirkulyar iqtisodiyot hamda universitet va sanoat hamkorligi kabi dolzarb masalalar muhokama qilindi.

Tadbirda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Gretsiya, Ruminiya va Turkiya oliy ta’lim muassasalari, ilmiy tashkilotlari, sanoat korxonalari hamda biznes vakillari ishtirok etdi.

Konferensiya doirasida TEX4FUTURE loyihasining natijalari, zamonaviy ta’lim dasturlari, ixtisoslashtirilgan laboratoriyalar va innovatsion uskunalar taqdim etildi.

Anjuman ishtirokchilar uchun xalqaro tajriba almashish, ilmiy va amaliy hamkorlikni rivojlantirish hamda muhandislik ta’limini zamonaviy talablar asosida takomillashtirish bo‘yicha fikr almashish maydoniga aylandi.

Key Action 1: Learning Mobility of Individuals

Key Action 2: Cooperation among organisations and institutions

Key Action 3

Jean Monnet Actions

Bizning hamkorlarimiz