2015-2020 yillar sayti

Yangiliklar

Yevropa Ittifoqi-Markaziy Osiyo hamkorligi bo‘yicha birinchi forumi

710
Yevropa Ittifoqi-Markaziy Osiyo hamkorligi bo‘yicha birinchi forumi

2022-yil 18-noyabr: Buyuk Ipak yo‘lining tarixiy markazi – Samarqand shahrida “Central Asia Сonnectivity Conference: Global Gateway for Sustainable Development” 1-chi forumi bo’lib o’tdi.  Samarqand qadim zamonlardan beri mintaqalararo oʻzaro hamkorlik platformasi roliga ega bo’lib dunyoning asosiy siyosiy, savdo-iqtisodiy, ilmiy va madaniy markazidir.

Konferensiya kun tartibiga kiritilgan transport, raqamlashtirish, energetika, suv resurslari va atrof-muhit sohalarida hamkorlikni rivojlantirish masalalari Markaziy Osiyo davlatlarining rivojlanish strategiyalari va Yevropa Ittifoqining Global Gateway strategiyasi ustuvor yo‘nalishlariga hamohang bo‘ldi.

17 noyabr, Yevropa Ittifoqi oʻzining hamkorlari UNICEF va Yevropa Taʼlim Jamgʻarmasi (ETF) bilan birgalikda Yevropa Ittifoqi-Markaziy Osiyo aloqalari boʻyicha konferensiya doirasida Markaziy Osiyo yoshlari uchun yoshlar muloqotini oʻtkazdi. Yoshlar muloqoti Markaziy Osiyoning beshta davlati – Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, O‘zbekiston va Turkmaniston yoshlarining forumning asosiy mavzularini muhokama qilish uchun ovoz berish imkoniyatini kuchaytirish uchun platforma yaratdi.

O‘zbekistonning Erasmus+ hamjamiyatining ikki vakili Yevropa Ittifoqi-Markaziy Osiyo aloqalari forumida ishtirok etdi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Fotima Saydullaeva va Erasmus+ dasturining O‘zbekistondagi milliy ofisi koordinatori Aziza Abduraxmanova.

Erasmus+ dasturi haqida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti janob Shavkat Mirziyoyev va Yevropa Kengashi Prezidenti janob Charles Michel: “Tomonlar ta’lim va ilm-fan sohasida hamkorlikni chuqurlashtirish, jumladan, “Erasmus+” va “Horizon Europe” dasturlari imkoniyatlaridan to‘liq foydalanish muhimligini ta’kidladilar. Tomonlar kasb-hunar ta’limining “Darya” 1-chi mintaqaviy loyihasining amalga oshirilishini olqishladilar (NEO web-sayti)

Key Action 1: Learning Mobility of Individuals

Key Action 2: Cooperation among organisations and institutions

Key Action 3

Jean Monnet Actions

Bizning hamkorlarimiz