Yangiliklar
Xalqaro Erasmus+ kunlari boshlandi!
51

Xalqaro Erasmus+ kunlari boshlandi!
#ErasmusDays — bu har yili butun dunyo bo‘ylab o‘tkaziladigan tadbir bo‘lib, Erasmus+ dasturi imkoniyatlarini keng jamoatchilikka tanishtirish, muvaffaqiyatli tajribalarni ulashish va ta’lim aloqador insonlarni birlashtirishga xizmat qiladi. O‘zbekiston ham ushbu xalqaro tashabbusda faol ishtirok etmoqda!
#ErasmusDays2025 doirasida O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan tadbirlar quyidagicha:
Oflayn tadbirlar:
- 13-oktabr – Erasmus+ axborot sessiyasi va CBHE loyihalari bo‘yicha eng yaxshi tajribalar
Innovatsion texnologiyalar universiteti, Nukus - 14-oktabr – Erasmus+ stendi MatchED EXPO ko‘rgazmasida
International Hotel, Toshkent - 16-oktabr – Erasmus+ axborot sessiyasi va TEX4FUTURE loyihasi taqdimoti
Farg‘ona davlat universiteti, Farg‘ona - 17-oktabr – Erasmus+ individual imkoniyatlari
Ziyo Forum, Toshkent
Onlayn tadbirlar:
- 14-oktabr – “Building Food Science Future in Uzbekistan: ECAMPUZ Impact and Conference Info Session”
- 15-oktabr – Erasmus+ tadbirlari Jizzax politexnika institutida
- 17-oktabr – Erasmus+ CBHE loyihasi: EMPOWER Female Entrepreneurs
Eslatma: faqat ro‘yxatdan o‘tgan ishtirokchilargagina rasmiy taklif xati, kun tartibi va onlayn tadbirlar uchun havola taqdim etiladi.
Ro‘yxatdan o‘tish uchun: https://forms.gle/L8ENyfkpFnuBYgxV8
So‘nggi muddat: 9-oktabr 2025, 15:00