2015-2020 yillar sayti

Erasmus+ Days 2025 — 1-kun yakunlandi!

23

Erasmus+ Days 2025 — 1-kun yakunlandi!

Bugun, 13-oktabr kuni, Jizzax politexnika institutida Erasmus+ Days 2025 haftaligining birinchi kuni doirasida onlayn sessiya tashkil etildi.

Tadbir davomida Erasmus+ dasturining O‘zbekiston OTMlari uchun mavjud imkoniyatlari, shuningdek, RELIEP va TEX4FUTURE loyihalari taqdimoti o‘tkazildi. Talabalar uchun esa ICM (International Credit Mobility) va EMJM (Erasmus Mundus Joint Masters) dasturlari bo‘yicha batafsil ma’lumot berildi.

Spikerlar:

  • Mahmudjon Utkurov — Erasmus+ Milliy ofisi loyihalar menejeri
  • Jaxongir G‘afurov — Innovatsion texnologiyalar universiteti prorektori
  • Visola Rahmatullayeva — Erasmus+ Milliy ofisi loyihalar menejeri

Sessiya davomida ishtirokchilar Erasmus+ dasturi orqali xalqaro hamkorlik, loyihalarda ishtirok etish va talabalarning Yevropada ta’lim olish imkoniyatlari haqida foydali ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.

Tadbir yozuvini quyidagi havola orqali tomosha qilishingiz mumkin: https://youtu.be/07qjynxb-Pc

Key Action 1: Learning Mobility of Individuals

Key Action 2: Cooperation among organisations and institutions

Key Action 3

Jean Monnet Actions

Bizning hamkorlarimiz