Yangiliklar
Follow-up TAM seminari: “Muhandislik sohalarida oliy ta’lim va kasbiy tayyorgarlikni integratsiya qilish” mavzusida

Follow-up TAM seminarining asosiy maqsadi o‘tkazilgan seminar natijalarini keng targ‘ib qilish hamda barcha texnik oliy ta’lim muassasalariga yevropalik ekspert tomonidan berilgan tavsiya va maslahatlarni yetkazishdan iboratdir.
Sana: 7-oktabr, 2025
Vaqt: 15:00
Format: Onlayn (Zoom platformasi orqali)
Tili: Ingliz tili
Xalqaro ekspert: Professor Filippo Silipigni, Politecnico di Milano (Italiya)
Ushbu seminar sizga quyidagi imkoniyatlarni beradi:
-
Muhandislik yo‘nalishlarida ta’lim va amaliyot integratsiyasi tajribasi bilan tanishish
-
Yevropa oliy ta’lim muassasalari amaliy yondashuvlarini o‘rganish
-
Ish beruvchilar bilan hamkorlikni kuchaytirish yo‘llarini bilish
-
Muhandislik kadrlarini tayyorlashda ilg‘or strategiyalarni o‘rganish
Ro‘yxatdan o‘tish muddati: 7-oktabr, 2025 (soat 10:00 gacha)
Ro‘yxatdan o‘tish uchun: https://forms.gle/wgsadFZn8vUPbbzS8