2015-2020 yillar sayti

Yangiliklar

“Muhandislik sohalarida oliy ta’lim va kasbiy tayyorgarlikni integratsiya qilish” mavzusidagi Follow-up TAM seminari onlayn formatda bo‘lib o‘tdi!

62

7-oktabr kuni Milliy Erasmus+ ofisi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Axborot texnologiyalari va menejment universiteti (UITM) hamkorligida Follow-up Texnik Yordam Missiyasi (TAM) seminari o‘tkazildi.

Ushbu onlayn sessiya avvalroq Qarshi shahrida o‘tkazilgan “Muhandislik sohalarida oliy ta’lim va kasbiy tayyorgarlikni integratsiya qilish” mavzusidagi seminarning mantiqiy davomi bo‘lib, uning asosiy natijalarini keng yoritish va texnik yo‘nalishdagi OTMlar uchun xalqaro ekspert tavsiyalarini yetkazish maqsadida tashkil etildi.

Seminarni Italiyadagi Politecnico di Milano universiteti professori Filippo Silipigni olib bordi. U Yevropa mamlakatlarida ta’lim va amaliyot integratsiyasi, universitet va ishlab chiqarish sektori o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish hamda muhandislik kadrlarini tayyorlashda innovatsion yondashuvlar haqida batafsil ma’lumot berdi.

Seminar yakunida Qarshida o‘tkazilgan TAM seminarining tavsiyalari va natijalarini amaliyotga joriy etish orqali muhandislik ta’limida uzluksiz takomillashtirish va Yevropa standartlariga moslashuv masalalari muhokama qilindi.

Sessiya yozuvini to‘liq tomosha qilish uchun havola: https://youtu.be/1dGMs8Ny_Uc

Key Action 1: Learning Mobility of Individuals

Key Action 2: Cooperation among organisations and institutions

Key Action 3

Jean Monnet Actions

Bizning hamkorlarimiz