2015-2020 yillar sayti

Erasmus+ I2-PLEDGE loyihasi onlayn sessiyasining yozuvi endi YouTube’da!

53

4-sentabr kuni Erasmus+ I2-PLEDGE loyihasi bo‘yicha onlayn taqdimot sessiyasi tashkil etildi. Ushbu sessiya davomida loyiha jamoasi amalga oshirilgan ishlar, erishilgan natijalar, hamda duch kelinayotgan muammolar va yechimlar haqida batafsil ma’lumot berdi. Ishtirokchilar o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashib, O‘zbekiston oliy ta’lim tizimida xalqaro hamkorlik orqali salohiyatni oshirish yo‘nalishidagi yutuqlarni muhokama qildilar.

Ma'lumot uchun, I2-PLEDGE (International Interdisciplinary Programmes Leading to Education, Growth and Employability) loyihasi — O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Ozarbayjon, Italiya, Latviya, Polsha va Slovakiya kabi davlatlar hamkorligida amalga oshirilayotgan Erasmus+ CBHE (Oliy ta’limda salohiyatni oshirish) loyihasidir.

Loyiha haqida batafsil: https://i2pledge.uz

Key Action 1: Learning Mobility of Individuals

Key Action 2: Cooperation among organisations and institutions

Key Action 3

Jean Monnet Actions

Bizning hamkorlarimiz