Yangiliklar
Haftalikning navbatdagi tadbirlari
12 may, 2022
Jizzax politexnika institutida "Erasmus+ loyihalarining ilg’or tajribalari” sessiyasi bo'lib o'tdi. Tadbirda Erasmus+ Oliy ta’lim bo’yicha Ekspertlar milliy guruhi a’zosi Anora Jabbarova hamda 2ta "Oliy ta'lim salohiyatini oshirish" loyihalari komanda a’zolari o’z taqdimotlarini taqdim etishdi.
Ushbu seminarning asosiy maqsadi O'zbekistonda OTMlar o'qituvchilari va xodimlarini o'qitishdagi ilg'or tajribalar, o'qitish va oliy ta'limning innovatsion rivojlanishi haqida axborot bilan ta'minlashga qaratilgan edi. Shuningdek, Boloniya jarayoni tamoyillarini targ'ib qilish, universitetlarning xalqaro reytingini oshirishga yordam berish va Erasmus+ dasturi, loyihalari, navbatdagi tanlovi doirasidagi imkoniyatlar bilan tanishtirishdan iborat bo`ldi.
Anora Jabborova tomonidan “Boloniya jarayoni tajribasi asosida ilmiy tadqiqot va innovatsion faoliyatni rivojlantirish” mavzusida o'z taqdimotlari bilan ishtirok etdi. Jizzax politexnika institutida Erasmus+ "TRIGGER: Markaziy Osiyoda bitiruvchilarni ish bilan ta'minlash uchun qulay muhit yaratish orqali universitet talabalari o'rtasida innovatsion yondashuvlar, tadbirkorlik ko'nikmalarini rivojlantirish" (https://www.erasmus-trigger.eu/) hamda "REILEAP: O'zbekiston va Qozog'istonda charm buyumlari ishlab chiqarishining innovatsion rivojlanishi" (http://reileap.com/) loyihasi ishtirokchilari Jamshid Abdunazarov, Yorqin Ortiqov va Ilhom Abbazovlar tomonidan taqdimotlari orqali loyihalar maqsadlari, rejadagi ishlari va ilg'or tajribalarini taqdim etildi.
Qoraqalpoq qishloq xo’jaligi va agrotexnologiya institutida “Testimonials from Erasmus+ beneficiaries” tadbiri tashkil etildi. Tadbirda Erasmus+ Oliy ta’lim bo’yicha Ekspertlar milliy guruhi a’zosi Bakhitbay Paluanov hamda Porto universitetining HR bo’limi boshli’gi Ms. Ana Luísa Marques va boshqa OTMlarda amalga oshirilayotgan CBHE loyiha a’zolari taqdimotlari orqali o’z tajribalari bilan o’rtoqlashishdi.
Porto universitetining HR bo’limi boshli’gi Ms. Ana Luísa Marques tomonidan Yevropadagi universitetlarida HR hizmatining ishlashi va ta'lim muassasasi hayotidagi o'rni, faoliyati haqidagi ilg'or tajribalar bilan bo'lishdi.
Toshkent davlat pedagogika universitetida "Erasmus+ opportunities for institutional cooperation" sessiyasi bo'lib o'tdi.
Tadbirda Erasmus dasturi imkoniyatlari haqidagi taqdimotdan so'ng quyidagi "Oiy ta'lim salohiyatini oshirish" yo'nalishi doirasida amalga oshirilayotgan loyihalar ishtirok etishdi:
SPACECOM: Kosmik tizimlar va aloqa muhandisligi bo'yicha yangi o'quv dasturi/ New Curriculum in Space Systems and Commumication Engeneering
Loyiha websayti: https://spacecom.uz/
MUSAE: Rassomlarning tadbirkorlik faoliyatlari uchun ko’p tarmoqli ko’nikmalar/ Multidisciplinary Skills for Artists' Entrepreneurship
Loyiha websayti: http://musae-project.com/
ELBA: Markaziy Osiyoda “BigData Intelligent Analysis” bo'yicha o'quv va ilmiy markazlarni tashkil qilish va kurslarni ishlab chiqish/ Establishment of training and research centres and Courses development on Intelligent Big Data Analysis in CA
Loyiha websayti: https://elba-project.eu/
Loyiha koordinatori Khabibullo Nosirov, Umida Zununnova va Azizbek Qobilovlar tomonidan loyiha faoliyati, ishlar va natijalari bo'yicha to'xtalib o'tishdi. Loyihalar milliy, mintaqaviy va hududiy bo'lganligini hamda bugungi kunda oliy ta'lim tizimida dolzarb bo'lib turgan yo'nalishlar loyihalar ishtirokchilar orasida katta qiziqish uyg'otdi va dasturning navbatdagi tanlovda loyihalar bilan ishtirok etish ishtiyoqi yanada oshdi.
Shuningdek, ushbu tadbirda Toshkent kimyo-texnologiya institutining Xalqaro aloqalar bo’limi boshlig'i Zebo Babakhanova ishtirok etdilar va ular Erasmus+ dasturi OTM rivojiga qo'shayotgan hissasi, xalqaro aloqalarni rivojlantirishdagi ahamiyati, professor-o'qituvchilarning Yevropa universitetlraiga borib o'z bilim va ko'nikmalarini oshirib kelayotgani hamda talabalar almashinuvining yaxshi yo'lga qo'yilganligi haqida ma'lumotlarni taqdim etdilar.