Yangiliklar
Xalqaro hamkorlik sari: O‘zbekiston EAIE 2025 konferensiyasida!
9–12-sentabr kunlari Shvetsiyaning Geteborg shahrida Xalqaro ta’lim bo‘yicha Yevropa assotsiatsiyasi (EAIE)ning 35-yillik an’anaviy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Tadbir “GO-create” shiori ostida 106 mamlakatdan 7 000 dan ortiq ishtirokchilarni birlashtirdi.

Konferensiya doirasida xalqaro oliy ta’limning kelajagi va Erasmus+ dasturi imkoniyatlari yuzasidan quyidagi muhim masalalar muhokama qilindi:
- 2028–2034-yillarga mo‘ljallangan Erasmus+ mobilligi va hamkorlik yo‘nalishlari;
- Erasmus+ loyihalarida “lump-sum” moliyalashtirish modeli;
- Oliy ta’limda salohiyatni oshirish (CBHE) va uni Yevropa Ittifoqining tashqi ustuvorliklari bilan uyg‘unlashtirish;
- Erasmus+ KA171 arizalarini muvaffaqiyatli tayyorlash bo‘yicha strategiyalar;
- Erasmus+ boshqaruvida raqamlashtirish va innovatsion yondashuvlar.

O‘zbekistondagi Milliy Erasmus+ Ofisi koordinatori Aziza Abdurahmanova mazkur yirik xalqaro anjumanda faol ishtirok etdi. Erasmus+ loyihalari vakillari va Yevropa universitetlari bilan uchrashuvlar, tajriba almashish va yangi hamkorlik aloqalari kelgusida Erasmus+ 2028–2034 dasturiga tayyorgarlikda, kuchli loyihalar ishlab chiqishda va barqaror hamkorlikni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
EAIE 2025 konferensiyasida ishtirok etish O‘zbekistonning xalqaro oliy ta’lim hamjamiyatidagi rolini mustahkamlash yo‘lidagi yana bir muhim qadamdadir.