Yangiliklar
TEXNIK YORDAM MISSIYASI SEMINARI MUVAFFAQIYATLI O‘TKAZILDI!
4–5-dekabr kunlari Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti “Inclusive Internationalization: Expanding Access and Equity in Global Higher Education Programs” mavzusida xalqaro Texnik Yordam Missiyasi (TAM) seminari bo‘lib o‘tdi.

Ushbu seminar oliy ta’lim muassasalarida inklyuziv xalqaro aloqalarni rivojlantirish, barcha talabalarga teng imkoniyatlar yaratish va global ta’lim dasturlarida ishtirokni kengaytirishni maqsad qilgan.
Xalqaro ekspertlar:
Xorvatiyadan EHEA mutaxassislari Ninoslava Šćukanec Schmidt va Ana Skerdžaj Matijević seminar davomida xalqaro ta’limdagi inklyuziya bo‘yicha ilg‘or tajriba va amaliy tavsiyalar bilan o‘rtoqlashdi.

Seminar davomida quyidagi masalalar muhokama qilindi:
-
Xalqaro ta’limdagi inklyuziya to‘siqlari
-
Mobilitet imkoniyatlaridan teng foydalanish
-
Xorijiy talabalarni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari
-
Inklyuziv siyosat va amaliyotlarni takomillashtirish