2015-2020 yillar sayti

Yangiliklar

O‘zbekistondagi Erasmus+ loyihalarining ta’siri bo‘yicha milliy tadqiqot (National Impact Study – NIS)

28
O‘zbekistondagi Erasmus+ loyihalarining ta’siri bo‘yicha milliy tadqiqot (National Impact Study – NIS)

O‘zbekistondagi Erasmus+ loyihalarining ta’siri bo‘yicha milliy tadqiqot (National Impact Study – NIS) Toshkentdagi Xalqaro Vestminster universiteti (https://www.wiut.uz/) tadqiqotchilari tomonidan amalga oshirilmoqda. Tadqiqotning asosiy maqsadi 2021–2026-yillarda O‘zbekiston ishtirokida amalga oshirilgan Erasmus+ loyihalarining hissasi va ta’sirini baholashdan iborat.

NIS tadqiqotining maqsadi:

Tadqiqot Erasmus+ loyihalarining tizimli, institutsional va individual darajadagi ta’sirini har tomonlama baholash, shuningdek, ularning O‘zbekistonda oliy ta’limni rivojlantirish va modernizatsiya qilishga qo‘shgan hissasini aniqlashga qaratilgan.

So‘rovnomada kimlar ishtirok etishi mumkin?

So‘rovnoma 2021–2026-yillarda O‘zbekiston ishtirokida amalga oshirilgan Erasmus+ loyihalari vakillari va ishtirokchilari, jumladan, loyiha koordinatorlari va jamoa a’zolari, professor-o‘qituvchilar, ma’muriy xodimlar, talabalar, bitiruvchilar hamda tadqiqot doirasidagi Erasmus+ faoliyatlaridan foydalangan boshqa ishtirokchilar uchun mo‘ljallangan.

Maqsadli guruhlar:

  • Xodimlar: Erasmus+ CBHE, ICM yoki Jean Monnet faoliyatlarida ishtirok etgan oliy ta’lim muassasalari va tashkilotlar xodimlari.

  • Talabalar: Erasmus+ dasturida ishtirok etish tajribasiga ega bo‘lgan hozirda tahsil olayotgan talabalar hamda 2026-yilda o‘qishni tamomlagan bitiruvchilar.

  • Bitiruvchilar (Alumni): Erasmus+ dasturida ishtirok etish tajribasiga ega bo‘lgan, 2021–2025-yillarda o‘qishni tamomlagan bitiruvchilar.

So‘rovnomada ishtirok etish uchun tegishli havolalarga o‘tishingizni so‘raymiz:

Ishtirok etuvchi universitetlar uchun yo‘riqnoma (so‘rovnomalar, fokus-guruhlar va amaliy tadqiqotlar): Bu yerga bosing

So‘rovnomada ishtirok etishning oxirgi muddati: 2026-yil 7-noyabr.

Sizning tajribangiz O‘zbekistonda Erasmus+ loyihalarining ta’sirini baholashda muhim ahamiyatga ega!

O‘zbek tilidagi batafsil ma’lumot: Bu yerga bosing

Rus tilidagi batafsil ma’lumot: Bu yerga bosing

Muhim eslatma (Disclaimer)

Key Action 1: Learning Mobility of Individuals

Key Action 2: Cooperation among organisations and institutions

Key Action 3

Jean Monnet Actions

Bizning hamkorlarimiz