2015-2020 yillar sayti

Yangiliklar

Erasmus+ Days 2025 O'zbekistonda!

12
Erasmus+ Days 2025 O'zbekistonda!

Erasmus+ Days 2025 O'zbekistonda!

13–17-oktabr kunlari butun dunyo bo‘ylab o‘tkazilgan #ErasmusDays haftaligi davomida O‘zbekiston ham faol ishtirok etdi!

Hafta davomida Toshkent, Nukus, Farg‘ona va Jizzax shaharlarida onlayn va oflayn shakllarda bir qator tadbirlar o‘tkazildi. Ularda universitetlar, talabalar, loyiha koordinatorlari va Erasmus+ bitiruvchilari ishtirok etishdi. Ushbu tadbirlarning maqsadi Erasmus+ dasturi imkoniyatlarini keng tanitish, eng yaxshi tajribalarni ulashish va akademik hamkorlikni mustahkamlashdan iborat edi.

1-kun – 13-oktabr

Erasmus+ Days 2025 ochilish sessiyasi

Erasmus+ Daysning birinchi kuni onlayn formatda o‘tkazilib, unda Jizzax politexnika instituti ishtirok etdi. Sessiya davomida O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari va talabalariga mo‘ljallangan Erasmus+ dasturi imkoniyatlari taqdim etildi. Shuningdek, RELIEP va TEX4FUTURE CBHE loyihalari hamda International Credit Mobility (ICM) va Erasmus Mundus Joint Masters (EMJM) dasturlari haqida ma’ruzalar tinglandi.

Batafsil o‘qish

2-kun – 14-oktabr

Axborot sessiyalari va CBHE loyihalarining eng yaxshi tajribalari

Ikkinchi kun davomida Nukus, Toshkent va onlayn formatda bir nechta tadbirlar tashkil etildi.

Qoraqalpog‘iston innovatsion universitetida (Nukus) ishtirokchilar Erasmus+ dasturi imkoniyatlarini muhokama qildilar, CBHE loyihalaridagi tajribalarini baham ko‘rdilar va yangi chaqiriqlarga tayyorgarlik masalalarini ko‘rib chiqdilar.

Toshkentda esa MatchED Expo 2025 – Erasmus+ Corner stendi orqali tashrif buyuruvchilarga Yevropada o‘qish imkoniyatlari, xususan, ICM va EMJM dasturlari haqida ma’lumotlar berildi.

Bundan tashqari, ECAMPUZ loyihasi doirasida “Building Food Science Future in Uzbekistan: ECAMPUZ Impact and Conference Info Session” nomli onlayn sessiya o‘tkazildi. Tadbir oziq-ovqat texnologiyalari sohasidagi innovatsiyalar va xalqaro hamkorlik masalalariga bag‘ishlandi.

Batafsil o‘qish

4-kun – 16-oktabr

Erasmus+ Days Farg‘onada

Farg‘ona davlat universitetida Erasmus+ axborot sessiyasi va TEX4FUTURE CBHE loyihasiga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi. Tadbirda universitet rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, bakalavr va magistratura talabalari, doktorantlar hamda Erasmus+ loyihalari vakillari qatnashdi.

Sessiyada Erasmus+ dasturining muassasalar va jismoniy shaxslar uchun imkoniyatlari taqdim etildi, loyiha natijalari muhokama qilindi hamda Farg‘ona universitetlarida joriy etilgan innovatsion tajribalar yoritildi.

Batafsil o‘qish

5-kun – 17-oktabr

Erasmus+ Individual Opportunities Day

Yakuni kuni Toshkent shahridagi Ziyo Forumda “Erasmus+ Individual Opportunities Day” nomli oflayn tadbir o‘tkazildi. Sessiya International Credit Mobility (ICM) va Erasmus Mundus Joint Masters (EMJM) dasturlariga bag‘ishlandi va talabalar hamda yosh mutaxassislarga amaliy maslahatlar berildi.

Ishtirokchilar ariza topshirish jarayoni, dastur talablari va muvaffaqiyatli ishtirok etish bo‘yicha tavsiyalar bilan tanishdilar. Erasmus+ bitiruvchilari Yevropada o‘qish bo‘yicha o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar va kelajakdagi nomzodlar uchun foydali maslahatlar berdilar.

Batafsil o‘qish

Erasmus+ Days 2025 — Yakuniy xulosa

Erasmus+ Days 2025 haftaligi O‘zbekiston bo‘ylab talabalar, akademiklar va mutaxassislarning faol ishtirokida muvaffaqiyatli yakunlandi. Tadbirlar oliy ta’lim sohasidagi xalqaro hamkorlikni mustahkamladi, mobillik imkoniyatlarini keng targ‘ib qildi va kelajak uchun yangi tashabbuslarga ilhom bag‘ishladi.

Key Action 1: Learning Mobility of Individuals

Key Action 2: Cooperation among organisations and institutions

Key Action 3

Jean Monnet Actions

Bizning hamkorlarimiz