Yangiliklar
Erasmus+ Days 2025 – 2-kun yakuni
                            
                            Erasmus+ Days 2025 – 2-kun yakuni
14-oktabr kuni #ErasmusDays haftaligining ikkinchi kuni — Nukus va Toshkent shaharlarida, hamda onlayn formatda o‘tkazilgan uchta muhim tadbir bilan ajoyib tarzda o‘tdi.
- 
Erasmus+ axborot sessiyasi va CBHE loyihalari bo‘yicha eng yaxshi tajribalar
Nukusdagi Innovatsion texnologiyalar universitetida bo‘lib o‘tgan ushbu sessiyada Erasmus+ dasturi imkoniyatlari, CBHE loyihalari natijalari va yangi chaqiriqlar haqida so‘z yuritildi. 

Asosiy mavzular:
- 
Erasmus+ dasturining oliy ta’lim muassasalari uchun imkoniyatlari
 - 
TEX4FUTURE loyihasi taqdimoti
 - 
SPHERE konferensiyasi va Bolonya jarayoni bo‘yicha xulosalar
 - 
CBHE Strand 1 doirasida yangi ishtirokchilar uchun tavsiyalar
 - 
Amaldagi CBHE loyihalaridan eng yaxshi tajribalar
 - 
Erasmus+ individual imkoniyatlari
 

Erasmus+ oliy ta’limni isloh qilish bo‘yicha ekspert, Nukus davlat texnika universiteti Kompyuter muhandisligi kafedrasi mudiri Dr. Asiya Tureniyazova SPHERE yillik konferensiyasi va Bolonya jarayonlari simpoziumidan olingan xulosalar bilan o‘rtoqlashdi hamda CBHE Strand 1 doirasidagi yangi ishtirokchilar uchun foydali ko‘rsatmalar berdi.
.jpg)
- 
MatchED Expo 2025 – Erasmus+ burchagi
Toshkentdagi Azimut Grand Hotelda tashkil etilgan ta’lim ko‘rgazmasi davomida tashrif buyuruvchilar Erasmus+ dasturi, individual imkoniyatlar (ICM, EMJM) hamda Yevropada o‘qish yo‘nalishlari haqida ma’lumot oldilar. O‘zbekistondagi Milliy Erasmus+ ofisi loyiha menejeri Visola Rakhmatullaeva tomonidan o‘tkazilgan taqdimot ishtirokchilar uchun foydali tavsiyalar va yo‘l-yo‘riqlarni taqdim etdi. 

3. “Building Food Science Future in Uzbekistan: ECAMPUZ Impact and Conference Info Session” mavzusidagi onlayn sessiya
Erasmus+ ECAMPUZ loyihasi doirasida oziq-ovqat fanlari bo‘yicha tajriba almashish, loyiha natijalari va kelgusi xalqaro konferensiya haqida muhokamalar o‘tkazildi.

#ErasmusDays haftaligi davom etmoqda — biz bilan qoling va navbatdagi kunlar yangiliklarini kuzatib boring.