2015-2020 yillar sayti

Yangiliklar

Texnik yordam missiyasi (TAM) seminarining 1-kunidan fotoreportaj

115
Texnik yordam missiyasi (TAM) seminarining 1-kunidan fotoreportaj

Bugun, 24-sentabr kuni Qarshi shahrida Erasmus+ dasturi doirasida “Muhandislik sohalarida oliy ta’limda o‘quv va amaliy tayyorgarlikning uyg‘unlashuvi” mavzusida Texnik yordam missiyasi (TAM) seminarining birinchi qismi bo‘lib o‘tdi. Ushbu seminar O‘zbekiston Milliy Erasmus+ Ofisi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Qarshi shahridagi Axborot texnologiyalari va menejment universiteti hamkorligida tashkil etildi.

Birinchi kun davomida:

  • O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida muhandislik sohalarida ta’lim va ishlab chiqarishni integratsiya qilish bo‘yicha muammolar va yechimlar muhokama qilindi.

  • Fondazione Politecnico di Milano vakili Dr. Filippo Silipigni Yevropa tajribasi asosida universitet–sanoat hamkorligining afzalliklari, intellektual mulk huquqlari va maxfiylik kelishuvlari (NDA) haqida ma’ruza qildi.

  • Uzbekistan GTL korxonasidan Bekhruz Nematov ta’lim va amaliyotni ishlab chiqarishda uyg‘unlashtirish tajribasi bilan o‘rtoqlashdi.

  • Politecnico di Milano’da amalga oshirilgan loyihalar misolida amaliy tajribalar taqdim etildi.

Ertaga seminarning ikkinchi kuni bo‘lib, ishtirokchilar kichik guruhlarda amaliy mashg‘ulotlar olib borib, o‘z loyihaviy g‘oyalarini ishlab chiqadilar.

Key Action 1: Learning Mobility of Individuals

Key Action 2: Cooperation among organisations and institutions

Key Action 3

Jean Monnet Actions

Bizning hamkorlarimiz