2015-2020 yillar sayti

Yangiliklar

Jean Monnet Actions tanlovi natijalari e’lon qilindi!

35
Jean Monnet Actions tanlovi natijalari e’lon qilindi!

2025-yilgi tanlovda O‘zbekistondan 3 ta yangi Jean Monnet Modules loyihalari g‘olib bo‘ldi:

  1. RiskGovEU – “Strengthening Disaster Risk Governance Through EU Law”
    Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika Universiteti
    Loyiha Yevropa Ittifoqi qonunchiligi asosida tabiiy ofatlar xavfini boshqarish bo‘yicha bilimlarni chuqurlashtirish, talabalar uchun darslar, yozgi maktab va moot court musobaqalari orqali amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratilgan.

  2. EUSUSTAIN – “Fostering EU Knowledge and Sustainability Practices in Uzbekistan”
    Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universitetining Samarqand filiali
    Ushbu modul Yevropa Ittifoqining “Green Deal”, “Circular Economy” va “Farm to Fork” kabi barqaror rivojlanish siyosatlarini ta’lim jarayoniga olib kiradi hamda talabalarga va mutaxassislarga YI tajribasi asosida bilimlar beradi.

  3. KSU-EUL – “Teaching European Union Law”
    Berdaq nomidagi Qoraqalpoq Davlat Universiteti
    Loyiha universitet huquq fakulteti dasturiga Yevropa Ittifoqi huquqi fanini kiritib, talabalarga zamonaviy bilimlarni ona tilida yetkazadi hamda xalqaro hamkorlikni kengaytiradi.

O'zbekistondagi Milliy Erasmus+ ofisi ushbu loyihalar jamoalarini samimiy tabriklaydi va ularning muvaffaqiyatli amalga oshirilishiga ishonch bildiradi!

Qo'shimcha ma'lumot uchun Jean Monnet loyihalarining ma'lumotlar bazasi: Havola

Key Action 1: Learning Mobility of Individuals

Key Action 2: Cooperation among organisations and institutions

Key Action 3

Jean Monnet Actions

Bizning hamkorlarimiz