2015-2020 yillar sayti

Yangiliklar

Erasmus+ QUARTZ loyihasining 4-muvofiqlashtirish uchrashuvi Samarqandda!

35
Erasmus+ QUARTZ loyihasining 4-muvofiqlashtirish uchrashuvi Samarqandda!

Erasmus+ QUARTZ loyihasining 4-muvofiqlashtirish uchrashuvi Samarqandda!

10–12 sentabr kunlari “Ipak yo‘li” Turizm va madaniy meros xalqaro universitetida Quality Assurance for Reform and Transformation of HEIs in Uzbekistan (QUARTZ) loyihasi doirasida navbatdagi muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida:

  • HERE eksperti Dr. Zumrad Usmonova Erasmus+ dasturining O‘zbekistonda oliy ta’lim rivojiga qo‘shayotgan hissasi haqida ma’ruza qildi;
  • loyiha faoliyatining dastlabki 18 oylik natijalari taqdim etildi;
  • sifat kafolati, moliyaviy boshqaruv va tarqatish ishlari bo‘yicha oraliq hisobotlar muhokama qilindi;
  • ta’lim sifatini rivojlantirish borasida Yevropa universitetlari tajribalari o‘rganildi.

Uchrashuvda Yevropa va O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari vakillari, shuningdek, Higher Education Reform Experts (HEREs) ham faol ishtirok etdi.

Uchrashuv natijalari O‘zbekistonda oliy ta’lim sifatini oshirish va xalqaro hamkorlikni yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.

Key Action 1: Learning Mobility of Individuals

Key Action 2: Cooperation among organisations and institutions

Key Action 3

Jean Monnet Actions

Bizning hamkorlarimiz