Yangiliklar
Erasmus+ va Yoshlar Parlamenti hamkorligi
30

18-avgust kuni Yoshlar Parlamenti (Oliy Majlis Senati huzurida faoliyat yuritadigan, yoshlarning manfaatlarini ifoda etuvchi va ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlaydigan platforma) a’zolari va Milliy Erasmus+ ofisi vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida:
- Erasmus+ dasturining yoshlar uchun imkoniyatlari taqdim etildi;
- Talabalar va yoshlar tashkilotlari bilan hamkorlikda dastur haqida ma’lumotlarni keng tarqatish yo‘llari muhokama qilindi;
- Yoshlar parlamentining Erasmus+ loyihalarida ishtiroki va xalqaro hamkorlikdagi o‘rni haqida fikr almashildi;
- Yoshlarning xalqaro mobillik dasturlarida faol ishtirokini kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Muhokama qilingan asosiy hamkorlik yo‘nalishlari:
- Talabalar uchun Erasmus+ imkoniyatlari bo‘yicha qo‘shma sessiyalar;
- Onlayn va oflayn uchrashuvlar tashkil etish;
- Erasmus+ tadbirlarini yoshlar orasida keng targ‘ib qilish;
- Yoshlar tadbirlarida Erasmus+ vakillarining spiker sifatida ishtiroki.
Uchrashuvda Erasmus+ dasturini yanada keng targ‘ib qilish, yoshlarni xalqaro ta’lim va hamkorlik jarayonlariga faol jalb etish bo‘yicha muhim kelishuvlarga erishildi. Yoshlar Parlamenti vakillari kelgusida Milliy Erasmus+ ofisi asosiy tadbirlarida faol qatnashadilar va dastur imkoniyatlarini yoshlar o‘rtasida targ‘ib etishda hamkorlik qiladilar.