2015-2020 yillar sayti

Yangiliklar

I2-PLEDGE: O‘zbekistonda biotibbiy muhandislik orqali raqamli o‘sishga turtki

105
I2-PLEDGE: O‘zbekistonda biotibbiy muhandislik orqali raqamli o‘sishga turtki

Erasmus+ I2-PLEDGE loyihasi (01.01.2023 – 31.12.2025) O‘zbekistonda biotibbiy muhandislik sohasida zamonaviy va innovatsion bakalavriat dasturini yaratishga qaratilgan bo'lib, ushbu tashabbus sog‘liqni saqlash tizimida malakali muhandislar yetishmovchiligini kamaytirish, tibbiy uskunalardan to‘g‘ri va samarali foydalanish hamda ularni sifatli xizmat ko‘rsatish bilan ta’minlashga xizmat qiladi.

Loyihaning asosiy yo‘nalishlari:

  • Biotibbiy muhandislik bo‘yicha yangi bakalavriat dasturini ishlab chiqish
  • Ta’lim jarayoniga innovatsion usullar, yangi o‘quv materiallari va ishlab chiqarish amaliyotlarini kiritish
  • O‘zbekiston OTMlarida o‘qituvchilarni Yevropa universitetlarida o‘qitish va malakasini oshirish
  • 3 ta OTMda yangi, 4 ta OTMda esa yangilangan o‘quv dasturini joriy etish
  • Har bir OTMda kamida 10 nafar o‘qituvchi tayyorlash va 20 nafar talaba bilan o‘qishni boshlash

O‘zbekistondagi hamkor universitetlar:

  • Andijon Davlat Tibbiyot Instituti
  • Andijon Davlat Texnika Instituti
  • Toshkent Tibbiyot Akademiyasi
  • A.R. Beruniy nomidagi Toshkent Davlat Texnika Universiteti
  • Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti
  • Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Urganch filiali
  • Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti Urganch filiali

Bu loyiha sog‘liqni saqlash tizimi va ta’lim muassasalarini birlashtirib, O‘zbekistonda kelajak avlod raqamli tibbiyot muhandislarini tayyorlashga yo‘l ochadi.

EU granti: €358.357

Loyihaning rasmiy vebsayti: https://i2pledge.uz/

#CBHE #I2PLEDGE #TugallanmaganLoyiha #OnGoing

Key Action 1: Learning Mobility of Individuals

Key Action 2: Cooperation among organisations and institutions

Key Action 3

Jean Monnet Actions

Bizning hamkorlarimiz