2015-2020 yillar sayti

Yangiliklar

Toshkent kimyo-texnologiya institutida "WOMEN IN STEM" III xalqaro Forumi bo'lib o'tmoqda.

73
Toshkent kimyo-texnologiya institutida "WOMEN IN STEM" III xalqaro Forumi bo'lib o'tmoqda.

2025-yilning 12-13—fevral kunlari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Toshkent kimyo-texnologiya instituti, “Oʻzkimyosanoat” Aksiyadorlik Jamiyati, Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti, Oʻzbekiston ixtirochi ayollar markazi, Integral Universiteti (Hindiston), Neofit Rilski Janubiy-G’arbiy Universiteti (Bolgariya) boshchiligida "WOMEN IN STEM" III xalqaro Forumi bo'lib o'tmoqda. Ushbu Forumning ochilish marosimida Milliy Erasmus+ ofisi vakillari ham ishtirok etishdi.

Bugungi kunda butun dunyoda ayollarning ilm-fan va texnologiya sohasidagi ishtirokini kengaytirish global muammo sifatida ko‘rilmoqda. BMT tomonidan 2015-yilda 11-fevral “Fanda ayollar va qizlar kuni” deb e’lon qilingan bo‘lib, bu sanani nishonlash doirasida “Women in STEM” forumi muntazam o‘tkazilib kelinmoqda.   

Mazkur forum O‘zbekiston va xorijiy mamlakatlardan yetakchi olimlar, tadqiqotchilar va mutaxassislarni jamlab, xotin-qizlarning STEM sohasiga jalb qilinishini rag‘batlantirishga xizmat qiladi. Tadbir doirasida ilmiy taqdimotlar, xalqaro ekspertlarning mahorat darslari, amaliy seminarlar va motivatsion nutqlar rejalashtirilgan.



Forum yakunida Faxriy mehmonlarga “Oʻzkimyosanoat” AJ hamda Toshkent kimyo-texnologiya institutining statuetkasi, esdalik sovg'alari hamda sertifikatlari topshirildi.

Key Action 1: Learning Mobility of Individuals

Key Action 2: Cooperation among organisations and institutions

Key Action 3

Jean Monnet Actions

Bizning hamkorlarimiz