2015-2020 yillar sayti

Yangiliklar

Qo'qonda Oliy ta'lim muassasalari uchun Erasmus+ imkoniyatlari sessiyasi

76
Qo'qonda Oliy ta'lim muassasalari uchun Erasmus+ imkoniyatlari sessiyasi

Oʻzbekiston Milliy Erasmus+ Ofisi va Oliy Taʼlimda Salohiyatni Oshirish boʻyicha Milliy Ekspertlar Jamoasi (HEREs) nomidan Sizni yaqinlashib kelayotgan Oliy taʼlim muassasalari (OTM) uchun Erasmus+ imkoniyatlari boʻyicha seminar haqida mamnuniyat bilan xabardor qilamiz. Ushbu seminar Fargʻona viloyati, Qoʻqon shahrida joylashgan Qoʻqon universitetida boʻlib oʻtadi. Tadbirning asosiy maqsadi OTMlarga yangi qoʻshilganlar va Erasmus+ imkoniyatlari hamda Oliy ta'limda salohiyatni oshirish (CBHE) loyihalariga qiziquvchi talabalarga yoʻnaltirilgan keng auditoriyani jalb qilishdir. Seminar, shuningdek, CBHE loyihalarini boshqarish boʻyicha qimmatli maʼlumotlar, fikr-mulohazalar va tavsiyalarni taqdim etadi.

Sizni ushbu seminarga, 15-oktyabr kuni soat 09:30 da Qoʻqon universitetida boʻlib oʻtadigan tadbirda ishtirok etishga samimiy taklif qilamiz.

Ishtirokingizni tasdiqlash uchun quyidagi roʻyxatdan oʻtish shaklini toʻldirishingizni soʻraymiz:

Qoʻshimcha maʼlumotlar va taklifnomalar elektron pochta orqali yuboriladi. Roʻyxatdan oʻtish muddati 11-oktyabr kuni soat 18:00 gacha.
Ishtirokingizni intiqlik bilan kutamiz!

Key Action 1: Learning Mobility of Individuals

Key Action 2: Cooperation among organisations and institutions

Key Action 3

Jean Monnet Actions

Bizning hamkorlarimiz