Yangiliklar
The selection results of the 2024 Call for Erasmus+ Capacity Building in Higher Education for Uzbekistan HEIs
2024-yilgi Erasmus+ oliy ta'limda salohiyatni oshirish tanlovi natijalariga ko'ra, O'zbekiston oliy ta'lim muassasalari (OTM) ishtirokidagi 5 ta yangi CBHE loyihasi moliyalashtiriladi. 2 ta milliy loyiha (HEMUA va GREENDT), 3 ta Markaziy Osiyo mamlakatlarini qamrab olgan mintaqaviy loyihalar (SILKWAY, ESGCA, GDCAU) mavjud.
Yangi tanlangan loyihalar 44 ta oliy ta'lim muassasasini (ular orasida 12 tasi O'zbekiston OTMlari) 11 mintaqadagi mamlakatlardan (O'zbekistonning 8 ta hududi) va 7 ta nodavlat tashkilotlarni o'z ichiga oladi. Ushbu loyihalar qishloq xo'jalik tizimi, to'qimachilik ishlab chiqarishi, ko'ndalang va barqaror ko'nikmalar, qayta tiklanadigan energiya, barqaror o‘tish va jamiyat o‘zgarishlariga hissa qo‘shadi, ekologik muammolar, ijtimoiy ehtiyojlar va yaxshi boshqaruvni birlashtiradi, Markaziy Osiyo universitetlari uchun "yashil kelishuv"ni ta’minlaydi.
O'zbekistondagi 12 ta oliy ta'lim muassasasi oliy ta'limda salohiyatni oshirish (CBHE) bo'yicha moliyalashtiriladigan beshta yangi loyihada ishtirok etadi. Ushbu muassasalar:
• Buxoro Davlat Universiteti
• Abu Rayxon Beruniy nomidagi Toshkent Davlat Texnika Universiteti • Al-Xorazmiy nomidagi Urganch Davlat Universiteti
• Toshkent Kimyo Xalqaro Universiteti • Andijon Mexanika Muhandislik Instituti
• Jizzax Politexnika Instituti
• Farg‘ona Politexnika Instituti
• Markaziy Osiyo Atrof-muhit va Iqlim O‘zgarishi Tadqiqotlari Universiteti (Green University)
• O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat Boshqaruvi Akademiyasi
• Buxoro Davlat Universiteti
• Toshkent Kimyo Xalqaro Universiteti
• Toshkent Irrigatsiya va Qishloq Xo‘jaligini Mexanizatsiyalash Muhandislari Instituti
Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi 2 ta loyihada bevosita ishtirok etadi. O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi GREENDT milliy loyihasida barqaror o‘tish va jamiyat o‘zgarishlari orqali atrof-muhit muhandisligi magistrlik darajalarini joriy etishda ishtirok etadi.
Biz yangi tanlangan 5 ta loyiha jamoalarini tabriklaymiz. CBHE uchun yangi kelgan ikki universitet – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat Boshqaruvi Akademiyasi va nodavlat universiteti bo‘lgan Markaziy Osiyo Atrof-muhit va Iqlim O‘zgarishi Tadqiqotlari Universiteti (Green University) Erasmus+ O‘zbekiston hamjamiyatiga qo‘shiladi.