2015-2020 yillar sayti

Yangiliklar

GREENDT LOYIHASINING 4-LOYIHA UCHRASHUVI YAKUNLANDI

21
GREENDT LOYIHASINING 4-LOYIHA UCHRASHUVI YAKUNLANDI

16–18-sentabr 2026-yil kunlari Toshkent Kimyo xalqaro universiteti (KIUT) “Mashinasozlik texnologiyasi” kafedrasi vakillari Portugaliyaning University of Aveiro (UAveiro) universitetida bo‘lib o‘tgan GREENDT loyihasining 4-Project Meeting uchrashuvida ishtirok etdilar.

Uchrashuv davomida loyiha doirasida amalga oshirilayotgan ishlar, O‘zbekistonda “Atrof-muhit muhandisligi” yo‘nalishida zamonaviy magistratura ta’limini rivojlantirish hamda xalqaro akademik hamkorlikni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

Loyiha doirasidagi muhim natijalar:

  • KIUTda “Atrof-muhit muhandisligi” magistratura dasturi yo‘lga qo‘yildi. Shuningdek, zamonaviy laboratoriya bazasini rivojlantirish, e-learning platformasini shakllantirish va xalqaro akademik hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.
  • KIUT va UAveiro o‘rtasidagi Memorandum asosida, Erasmus+ ICM loyihasi doirasida KIUT magistranti uchun UAveiroda bir semestrlik akademik almashinuv imkoniyatini yaratish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

GREENDT loyihasi O‘zbekistonda zamonaviy muhandislik ta’limi, barqaror rivojlanish va xalqaro akademik hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan.

Key Action 1: Learning Mobility of Individuals

Key Action 2: Cooperation among organisations and institutions

Key Action 3

Jean Monnet Actions

Bizning hamkorlarimiz