2015-2020 yillar sayti

Yangiliklar

O‘zbekistondagi Erasmus+ Milliy ofisi Newsletter'ining yangi soni e’lon qilindi!

19
O‘zbekistondagi Erasmus+ Milliy ofisi Newsletter'ining yangi  soni e’lon qilindi!

Mazkur son O‘zbekistonda Erasmus+ dasturi doirasida amalga oshirilgan muhim tadbirlar, uchrashuvlar, loyihalar va tashabbuslarni bir jamlanmaga to‘plagan.

Newsletter’da nimalar o‘rin olgan?

  • HERE ekspertlarining yillik konferensiyasi — oliy ta’limni isloh qilish, raqamlashtirish, Erasmus+ dasturlari va loyihalari hamda Boloniya jarayoni doirasidagi muhim masalalar;
  • Erasmus+ Milliy axborot kuni 2025 — Erasmus+ 2026-yilgi tanlovi bo‘yicha yangiliklar va O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarining yutuqlari;
  • Yevropa Ittifoqi grant tanlovlariga loyihalar tayyorlash bo‘yicha trening — loyiha g‘oyasini shakllantirish, maqsad va metodologiyani belgilash, budjet, monitoring va barqarorlik masalalari;
  • Erasmus+ CBHE va Jean Monnet loyihalari bo‘yicha Advisory Meeting — loyihalarni amalga oshirish, natijalarni tarqatish va hamkorlikni rivojlantirish masalalari;
  • Erasmus+ Week 2026 — O‘zbekistonning turli hududlarida tashkil etilgan axborot va metodologik seminarlar, xalqaro hamkorlik hamda Erasmus+ imkoniyatlari;
  • Qozog‘istonda Erasmus+ mintaqaviy axborot kuni va “Oliy ta’limda sun’iy intellekt” konferensiyasi — 5 ta Markaziy Osiyo davlatidan 466 nafar ishtirokchi, 25 ta shahar va 71 ta oliy ta’lim muassasasi vakillari ishtirok etgan tadbir;
  • NEO internlari — O‘zbekistondagi Erasmus+ Milliy ofisida faoliyat olib borayotgan yoshlarning tajribasi va hissasi;
  • Erasmus+ loyihalarining Milliy ta’sirini o‘rganish (National Impact Study) — 2021–2026-yillarda O‘zbekistonda amalga oshirilgan Erasmus+ loyihalarining oliy ta’lim muassasalari, milliy tuzilmalar va loyiha ishtirokchilariga ta’sirini o‘rganishga qaratilgan tadqiqot.

Newsletter’ning to‘liq sonini o‘qish uchun: Havola

Erasmus+ — ta’lim, hamkorlik va yangi imkoniyatlar sari!

Key Action 1: Learning Mobility of Individuals

Key Action 2: Cooperation among organisations and institutions

Key Action 3

Jean Monnet Actions

Bizning hamkorlarimiz