2015-2020 yillar sayti

Yangiliklar

HEREs Nashrlari | Erasmus+ dasturining Markaziy Osiyo oliy ta’lim sohasidagi hamkorlikni mustahkamlashga ta’siri

36
HEREs Nashrlari | Erasmus+ dasturining Markaziy Osiyo oliy ta’lim sohasidagi hamkorlikni mustahkamlashga ta’siri

Sizlarga “Oliy ta’lim taraqqiyotining istiqbollari” ilmiy-uslubiy jurnalining 18-sonidan yana bir muhim maqolani taqdim etamiz. Ushbu jurnal O‘zbekiston Oliy ta’limni isloh qilish bo‘yicha milliy ekspertlari (HEREs) tomonidan chop etiladi.

Muallif: Mahmudjon O‘tkurov
Sarlavha: Erasmus+ dasturining Markaziy Osiyo oliy ta’lim sohasidagi hamkorlikni mustahkamlashga ta’siri
DOI: 10.34920/phe.2025.18.08

Mazkur maqolada Erasmus+ dasturining Markaziy Osiyoda mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirishdagi o‘rni, ayniqsa Oliy ta’limda salohiyatni oshirish (CBHE) loyihalarining ta’siri batafsil tahlil qilingan. Unda Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston oliy ta’lim muassasalari bilan amalga oshirilgan qo‘shma loyihalar natijalari hamda O‘zbekiston OTMlarining faol va yetakchi ishtiroki alohida ta’kidlanadi.

Asosiy jihatlar:

  • Erasmus+ CBHE loyihalari Markaziy Osiyoda oliy ta’lim tizimlarini modernizatsiya qilishga xizmat qilmoqda;

  • 2014–2025 yillarda O‘zbekiston 69 ta CBHE loyihasida ishtirok etib, mintaqada yetakchi davlatlardan biriga aylandi;

  • 2025-yil natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston 4 ta CBHE loyihasida Grantholder (muvofiqlashtiruvchi) sifatida qatnashmoqda;

  • Mintaqaviy loyihalar ta’lim sifati, akademik hamkorlik, yashil rivojlanish, raqamli va innovatsion ko‘nikmalarni kuchaytirmoqda;

  • Erasmus+ loyihalari vazirliklar, OTMlar va nodavlat sektor o‘rtasida barqaror hamkorlik ekotizimini shakllantirmoqda.

To‘liq maqola bilan tanishing:
https://erasmus.uz/journal/index.php/files/article/view/126

Key Action 1: Learning Mobility of Individuals

Key Action 2: Cooperation among organisations and institutions

Key Action 3

Jean Monnet Actions

Bizning hamkorlarimiz