Yangiliklar
HORIZON EUROPE: MARKAZIY OSIYO DAVLATLARI UCHUN AXBOROT VA NETVORKING SESSIYASI!
Yevropa Komissiyasi 2025-yil 4-dekabr kuni Markaziy Osiyo davlatlari uchun Horizon Europe dasturiga bag‘ishlangan maxsus onlayn axborot va networking sessiyasini tashkil qiladi.
Horizon Europe — Yevropa Ittifoqining eng yirik ilmiy-tadqiqot va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash dasturi bo‘lib, ushbu sessiya davomida siz:
-
Horizon Europe 2026–2027 ish dasturlari taqdim etiladi
-
Tanlovlarda ishtirok etish imkoniyatlari, ayniqsa Critical Raw Materials (CRM) yo‘nalishlari bo‘yicha imkoniyatlar yoritiladi
-
Konsorsium tuzish va hamkorlar topish bo‘yicha amaliy ko‘rsatmalar beriladi
-
Networking uchun break-out xonalarida uchrashuvlar tashkil etiladi
Sana: 4 dekabr, 2025
Vaqt: 13:00–16:00
Format: Onlayn (Zoom havolasi tadbir oldidan yuboriladi)
Ro‘yxatdan o‘tish uchun: https://ec.europa.eu/eusurvey/runner/Horizon_Europe_Information_and_Networking_Session_with_Central_Asian_States